• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 28 » Putin har uch kunda koronavirusga test topshirayotganini aytdi
19:55
Putin har uch kunda koronavirusga test topshirayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya 1” telekanalining "Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvi efirida o‘zi koronavirusga topshirgan testlarining natijasi manfiy chiqayotganini ma’lum qildi. RF davlat rahbari har uch kunda test topshirayotganini ham aytib o‘tgan.

"Har uch yoki to‘rt kunda muntazam ravishda test topshiraman”, — degan RF prezidenti jurnalistlarning bu borada bergan savoliga javoban.

Testlarning javobi har doim manfiymi, degan mazmunda berilgan savolga u: "Hozircha ha”, — deya javob qilgan.

Putin intervyu davomida pandemiya davridagi masofadan turib ishlash tartibi haqida ham tushuntirish berib o‘tdi.

"Darhaqiqat, ma’lum darajada bu sinov deya olaman, chunki menga odamlar bilan muloqot qilish yoqadi. Odamlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbatdan ichki qoniqish hosil qilaman”, — deydi Vladimir Putin.

Putin Kommunarkadagi Qizil hudud kasalxonasiga borishini aytganida uni bu yo‘ldan qaytarishga urinishganini ham oshkor etdi.

"Bu yo‘ldan qaytarishga urinishgan, hatto hamma ushbu qarorga qarshi chiqqan. Ho‘sh, u yerga nima uchun bordim? Avvalo, u yerda nima qanday joylashtirilgani, sharoit qandayligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni xohladim. Hisobotlar orqali ma’lumot olish boshqa, o‘zing joyiga chiqib hammasi qandayligini ko‘rish boshqa”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, Putin mart oyi oxirida Kommunarkadagi kasalxonaga borgan, u yerda bosh shifokor Denis Protsenko bilan uchrashgandi. Oradan bir necha kun o‘tgach Protsenkoda koronavirus aniqlangan. Umuman Protsenko Rossiyada koronavirus aniqlangan birinchi taniqli shaxs emas, undan keyin bosh vazir Mixail Mishustin, qurilish vaziri Vladimir Yakushev va o‘rinbosari Dmitriy Volkov, madaniyat vaziri Olga Lyubimova hamda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham koronavirus infeksiyasiga chalingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:434 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь