• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 17 » “Prezident archasi”ga qaysi kunlari borish mumkin?
14:45
“Prezident archasi”ga qaysi kunlari borish mumkin?

O‘zbekistonda har yili Yangi yil kirib kelishi arafasida Toshkent shahridagi "Turkiston” san'at saroyida "Prezident archasi” teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etilishi an'anaga aylangan. Ushbu konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda "Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi hamkorligida taqdim etiladi.
 
An'anaga sodiq qolgan holda bu yil ham 29-30 dekabr kunlari "Prezident archasi” teatrlashtirilgan konsert dasturi o‘tkaziladi. Respublika bo‘yicha o‘tkaziladigan "Prezident archasi” bayram tadbirlariga jami 9893 nafar bolalar taklif etilishi rejalashtirilgan. Ular orasida Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari, "SOS – bolalar mahallasi”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uylari, "Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilari, mahallalardagi 3 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda yurt tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Respublika Prokuraturasi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlarining farzandlari bor.
 
Bolajonlar uchun "Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan "Mo‘jizalar olami” nomli sahnalashtirilgan musiqiy chiqishi tayyorlanmoqda. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan bolalarga "Prezident sovg‘asi” Lola Karimova-Tillyayeva boshchiligidagi "Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi tomonidan topshiriladi. O‘zbekiston Respublika Prezidenti nomidan taqdim etiladigan 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan 11 ming dona sovg‘a tayyorlangan.
 
Shu o‘rinda, bir savol tug‘iladi: "Prezident archasi” konsert dasturiga faqat taklifnoma bilan boriladimi?
 
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ushbu savolga javobni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligidan javob oldik.
 
"Prezident archasi” konsert dasturini tomosha qilish uchun chipta sotib olsa ham bo‘ladi. Chiptalar allaqachon saroy kassasida sotilmoqda. Har bir chipta narxi 35, 40, 45 ming so‘mdan. Biroq ular 29-30 dekabr kunlari uchun emas, balki 2017 yilning 2 yanvaridan boshlab o‘tkaziladigan konsert dasturi uchun mo‘ljallangan.
 
Mazkur konsert dasturida ham "Tomosha” bolalar guruhi tomonidan sahnalashtirilgan "Mo‘jizalar olami” musiqiy chiqish takroran namoyish etiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2415 | Добавил: Admin | Теги: “Президент арчаси”га қайси кунлари | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031