• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1369
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » May » 28 » “Pogoningni yulib tashlayman” – Toshkentda YPX inspektoriga tajovuz qilindi
20:05
“Pogoningni yulib tashlayman” – Toshkentda YPX inspektoriga tajovuz qilindi

Toshkent shahri, Bektemir tumanining Tinchlik ko‘chasida YPX xodimi U.Achilov 4 nafar fuqaroning tajovuziga uchradi, deb yozadi IIV Matbuot xizmati.
 
Unga ko‘ra, joriy yilning 5 mart kuni "Oltin topgan” blokpostida YPX inspektori U.Achilov tomonidan davlat raqami 01M 974UA bo‘lgan Damas rusumli avtomobil to‘xtatiladi.
 
Haydovchi, 24 yoshli X.Salohiddinning (ism-sharifi o‘zgartirilgan) transport vositasini boshqarish huquqni beruvchi hujjatlarga ega emasligi aniqlanadi. Shunda Ichki ishlar xodimi qoidaga binoan mashina jarima maydonchasiga joylashtirilishini ma'lum qiladi. Bu esa Salohiddinning otasi va avtomobildagilarga yoqmaydi. Ular YPX inspektorini turli gap so‘zlar bilan chalg‘ita boshlaydilar va fursatdan foydalangan haydovchi voqyea joyidan qochib qoladi.
 
YPX xodimi U.Achilov PPX serjanti Javohir Elmurodov hamda YPX inspektori Ulug‘bek Matmurodov qoidabuzar mashinasi ortidan boradilar. Ular Damas’ni Bektemir tumanining Tinchlik ko‘chasida quvib yetadi va yo‘lini to‘sib to‘xtatib, bayonnomani rasmiylashtirish uchun haydovchidan pasportini so‘rashadi.
 
Shu vaqtda qoidabuzarning otasi X.Hamidullo va uning yaqin qarindoshlari – surxondaryolik N.Ismatillo, qashqadaryolik X.Nigora, T.Otabek, toshkentlik X.Nodira Ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladilar. Ular huquq posbonlariga nisbatan zo‘ravonlik qilib, xodimning qo‘lidagi bayonnomani yirtib tashlaydilar, pogonlarini yulib olish uchun xodimlarga tashlanadilar.
 
Ushbu holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219 moddasi 2 qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1204 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь