• Qaltis Harakatlarsiz - O'zbek Tilida
  • Maryam Turk Serial - 26 Qism
  • Yakudza Malikasi - O'zbek Tilida Premyera
  • Telba Ishq - O'zbek Tilida
  • Qizil Ko'ppak Klifford - O'zbek Tilida Premyera
  • Tezlik 657 Avtobus - O'zbek Tilida
  • Maryam Turk Serial - 25 Qism
  • Oila Uchun Turk Serial - 51 Qism
  • Kuyovto'ra - O'zbek Tilida
  • Maryam Turk Serial - 24 Qism
  • Maryam Turk Serial - 23 Qism
  • Leningrad Himoyasi - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 50 Qism
  • Oila Uchun Turk Serial - 49 Qism
  • Ayka - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 48 Qism
  • Ip Man - O'zbek Tilida
  • Maryam Turk Serial - 22 Qism
  • Adamslar Oilasi 2 - O'zbek Tilida
  • Oila Uchun Turk Serial - 47 Qism
Клип премьера
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 631
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

Sadoqat
bek8988
Abbos2000
Farhod88
yuldashev
Akobirbek
Мавлид
12042001
Diyorbek23
Kamron99
Главная » 2021 » Oktyabr » 26 » Pedagogika universiteti “zamdekan”i talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani aytilmoqda
22:41
Pedagogika universiteti “zamdekan”i talaba qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 3 kurs talabasiga dekan o‘rinbosari tegajog‘lik qilib, so‘ng uni derazadan itarib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Nemolchi.uz loyihasi talaba Mushtaribonu Kamilova murojaatiga asoslanib, voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 18 oktyabr kuni u "Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev xonasiga kiradi. Dekan o‘rinbosari kutib turishini so‘raydi. Qizning aytishicha, xonadan hamma chiqib ketgach, dekan o‘rinbosari charchaganligini aytib, undan qahva damlab berishni so‘raydi.

"Qiz qahva damlash uchun chog‘langanda erkak eshikni ichkaridan qulflab, chiroqni o‘chiradi. Mushtariy nimanidir sezganday yaqin do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq yetib kelishni so‘raydi. Xonadan chiqay desa, erkak uni ushlab olib, xonasidagi divanga yotqizmoqchi bo‘ladi. Qiz qarshilik qiladi. Eshikning u tarafida esa qizning do‘sti kelib, eshikni ochishni so‘raydi. Mushtariy amallab oyna oldiga kelib, yordamga chaqiradi. Shunda qizning aytishicha, erkak uni derazadan itara boshlaydi. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin kuchi yetmay, derazadan pastga tushib ketadi”, deyiladi murojaatda.

Talaba qizning so‘zlariga ko‘ra, Bog‘abek derazani yopib, jalyuzini tushiradi va eshikni ochadi. Qizning do‘sti "zamdekan”ni olib, pastga tushadi. Atrofda yig‘ilganlarga dekan o‘rinbosari qiz oynadan o‘zi sakragani va uni o‘zi shifoxonaga olib borishini aytadi.

"Mushtariyni mashina orqa o‘rindig‘iga yotqizishadi, do‘sti haydovchi oldidagi o‘rindiqqa o‘tiradi. Yo‘lda dekan o‘rinbosari qizning onasiga qo‘ng‘iroq qilib, qiz oynadan tushib ketgani va uni shifoxonaga olib borishayotganini aytadi. Svetoforning qizil chirog‘ida qizning do‘sti orqa o‘rindiqqa o‘tguncha dekan o‘rinbosari qizga oyna artayotib o‘zi tushganini aytishini tayinlaydi. Aks holda universtitetdan haydash bilan tahdid qiladi. Shu payt yigit orqa o‘rindiqqa o‘tib, nima bo‘lganini so‘raydi. Qiz unga sekin uni itarishganini bildiradi”, deya voqea qanday bo‘lgani so‘zlab beriladi murojaatda.

Shifokorlarning aytishicha, qiz vaqtida olib kelingan. Mushtariyga tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashxisini qo‘yishgan. U hali beri oyoqqa turolmasligi aytilmoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, Mushtaribonu Kamilova kashtachilik bilan shug‘ullangan, ko‘plab medallar, sertifikatlarga ega. "Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti vakillarining ta’kidlashicha, u to‘garaklardagi eng yaxshi o‘quvchilardan biri bo‘lgan.

"Qiz yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, dekan o‘rinbosari tomonidan kelgan odamlar ularga o‘z ko‘rsatmalarini o‘zgartirishlari uchun pul taklif qilgan. Bog‘abek Yo‘ldoshev esa hammaga qiz o‘z joniga qasd qilgan deyapti. U o‘qigan fakultet talabalarini to‘liq onlayn ta’limga o‘tkazishdi. Bu bilan nimani sir tutishmoqda?”, deb yozmoqda Nemolchi.uz.

Loyiha vakillari 22 oktyabr kuni Mushtariy voqeasini O‘zbekiston IIV huzuridagi xotin-qizlar masalalari boshqarmasiga yuborganini ma’lum qilgan. Biroq haligacha rasmiy munosabat bildirilmagan.

"Mushtariy qo‘rqmasdan bo‘lgan voqeani gapirib berdi. U adolat istaydi va boshqa qizlar bunday holatlarga uchramasligini xohlaydi. Uni davlatimiz himoya qiladimi?”, deydi loyiha vakillari.

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning ma’lum qilishicha, B.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118 va 205-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib, holat Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:91 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031