• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1890
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 163
Гостей: 163
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 9 » Parhezdan keyin yana semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanish kerak?
22:41
Parhezdan keyin yana semirib ketmaslik uchun qanday ovqatlanish kerak?

Mana, nihoyat tutgan perhezingiz natija berdi: qomatingiz orzu qilarli darajaga yetdi. Biroq ortiqcha vazn bilan kurash hali tugagani yo‘q. Endi me'yorni saqlab qolish uchun harakat qilish lozim. Chunki shu kungacha iste'mol qilishimiz lozim bo‘lgan oziqaviy quvvatni organizm qayerdan bo‘lsa ham tiklab olishga intiladi.

Nazoratni pasaytirmang!
Diyeta — ovqatlanishdagi turli befoyda odatlarimizni o‘zgartirish uchun yaxshi imkoniyat. Chunki undan keyin oshqozonimizga tushayotgan yegulik miqdori kamayadi va o‘z vaqtida ovqatlanishga odatlanamiz. Natijada esa oshqozon kichrayadi. Agar yana avvalgi ko‘rinishingizga qaytishni istamasangiz, tanovul qilayotgan yeguligingiz miqdorini nazorat qilishdan to‘xtamang.

Tavsiya. Tuz va shakar miqdorini imkon qadar kamaytiring. Taomga tuz o‘rniga turli ziravorlardan ishlatsangiz, salomatligingiz uchun ham foydali.

Yoz mavsumida taomnomamizdan turli ko‘katlar va sabzavotlar joy egallay boshlaydi. Demak, endi turli yog‘ mahsulotlari va shirinliklarni cheklash ayni muddao.

Shoshilmang!
Cheklovlar ortda qoldi, deb, ishtahamizni nazorat  qilishni susaytiramiz, nimani qanday istemol qilish haqida kamroq bosh qotiramiz. Televizor qarshisida ovqatlanamiz, muzlatkichdan ko‘zimizga nimaiki «issiq» ko‘rinsa, barini olib, dasturxonga qo‘yamiz. Natija esa barchaga ma'lum. Inson tez ovqatlanganda qorin to‘yganligi haqidagi ma'lumot miyaga kechroq yetib boradi. Yaxshi chaynalmagan yegulik esa dard ustiga chipqondek gap.

Tavsiya. Sekin-sekin, har bir bo‘lakni yaxshilab chaynab yesangiz, oshqoziningizga yordam bergan bo‘lasiz. Bu esa o‘z navbatida erishgan natijangizni uzoq vaqt ushlab qolishga ko‘maklashadi.

Dasturxondan «Yana bir bo‘lak bo‘lganda edi...» degan o‘y bilan turishni tavsiya qilamiz. Shunda kundan-kunga kamroq taom tanovul qilayotganingizga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

Aldanmang!
Diyetadan keyin cheklov qo‘yilgan har bir mahsulotga boshqacha mehr bilan qaray boshlaymiz. O‘sha paytlarda ishtahamizni qitiqlab turgan yegulikni endi bemalol yeyish mumkin. Biroq ochko‘zlik qilmang! Inson ong osti kelgusidagi och qolishlarning g‘amini yeb, turli yog‘larni g‘amlab qo‘yish xususiyatiga ega.

Tavsiya. Ne-ne mashaqqatlar bilan erishgan natijangizni chippakka chiqmasligi uchun xamirli va yog‘li taomlar, shuningdek, shirinliklar bilan oshqoziningizni qiynoqqa solmang.

Och qolmang!
Tanovul qilish mumkin bo‘gan mahsulotlar ro‘yxati tobora kengayib borayapti. Shuning uchun uzoqroq vaqt ovqat yemasligimiz ham mumkin. Biroq biz oshqozinimizdan aqlliroqmiz. Demak, ochiqishni  kutib o‘tirgandan foyda yo‘q, chunki inson och qolganda foydalisidan ko‘ra to‘yimli yegulikka ixtiyor beradi.

Tavsiya. Nonushta yoki tushlikdan ikki soat o‘tgach, meva tanovul qilishga odatlaning. Juda bo‘lmasa, bir bo‘lak achchiq shokolad va qaynoq choy bilan ham qorinni aldab turish mumkin.

Me'yorni unutmang!
Muzqaymoq, shokolad yoki go‘shtdan o‘zingizni butunlay chegaralab qo‘ymang, axir ularni yaxshi ko‘rasiz-ku. Bunday serkalloriya yeguliklarni iste'mol qilganda me'yorga amal qiling. Ba'zi-ba'zida ularni o‘zingizga sovg‘a tariqasida taqdim etishingiz mumkin.

Tavsiya. Masalan, hafta davomida har kuni ertalab mashq qilsangiz, erishgan natijangiz uchun yakshanbada o‘zingizni bir dona shirinlik bilan siylang. Bir afta davomida uyingizga yetishga ikki bekat qolganda avtobusdan tushib, piyoda yurganingiz uchun  dam olish kuni mayonezli salat yoki pitssa bilan o‘zingizni xushnud eting.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1353 | Добавил: Admin | Теги: Парҳездан кейин яна семириб кетмасл | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь