• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Oktyabr » 6 » Panjara ortida aqli kirmagan ayol yana og‘ir jinoyat sodir etdi
08:54
Panjara ortida aqli kirmagan ayol yana og‘ir jinoyat sodir etdi

Ozodlik so‘zini jinoiy qilmishi uchun bir necha yil umrini panjara ortida o‘tkazishga mahkum qilinganlar hammadan ham yaxshiroq tushunishadi, nazarimizda. Ular uchun har bir lahza yillarga tengdek tuyuladi. Eng achinarlisi ular o‘ylamay bosgan qadamlari uchun o‘zlarini la'natlab yashaydi. Ammo o‘tgan kunidan xulosa chiqarmagan, ozodlikning qadriga yetmagan noshukrlar ham uchraydi. Xususan, "Huquq” gazetasining joriy yildagi 38-sonida ayol nomiga dog‘ tushirgan tuban shaxs qilmishlari aks etgan.

Ayni vaqtda oltmish yoshni qoralagan Shohida Sodiqova 2003 yilda qotillik jinoyatini sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 2009 yilda amnistiya tufayli u ozodlikka chiqqan. Afsuski, birinchi jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan ekan. Sh.Sodiqova poytaxtimizdagi Talabalar shaharchasida atir-upa, ko‘rpacha sotib yurardi. Ana shu jarayonda u fuqaro Zamira Ilhomova (marhumalarning ism-familiyalari o‘zgartirilgan) bilan tanishib qoladi va tez-tez uchrashib turadigan bo‘lishdi. Z.Ilhomova yotoqxonalardan birida ishlar va"orifleym" firmasining atir-upalarini sotib, o‘ziga qo‘shimcha daromad topib yurardi. YAqinlik o‘zaro qarz oldi-berdisiga ham sabab bo‘ldi. 2015 yilning av¬gust oylarida Z.Ilhomovaga pul kerak bo‘lib qoladi va  Sh.Sodiqovadan so‘raydi. 5 mln. sum pulni karz sifatida olgan Z.Ilhomova unga ikki oyda qaytarishini aytadi.

Hash-pash deguncha belgilangan oylar o‘tib ketadi. Biroq Z.Ilhomova kelishilgan muddatda pulni qaytara olmaydi. Ana shu qarz 2-3 yildan buyon deyarli opa-singildek yaqin bo‘lib qolgan ikki ayolning o‘rtasiga sovuq- chilik tushiradi. Endi ular bir-birlari bilan tez-tez janjallashadigan bo‘lishadi va 2015 yilning oxirigacha qarzni qaytarishga va'da beradi.

Qarzi qaytarilishining kechikishiga ko‘ngan Sh.Sodiqovaga bu holat ta'- sir qila boshlaydi. Qanday bo‘lmasin, qarzini tezroq olish harakatiga tu-shadi. Oradan bir necha kun o‘tib, 2015 yilning 12 oktyabr kuni u Z.Ilhomo-vaning onasiAdibaIlhomovagaqo‘ng‘irokqilib, qizining qarzi haqida gaplashib, masalaga oydinlik kiritish uchun keksa ayolni ijarada turgan uyiga chaqiradi.

Ona qizi qarz tufayli Sh.Sodiqova bi¬lan janjallashganini yaxshi bilar-di. Shuning uchun ham A.Ilxomova yoniga 500 AQSH dollarini solib, qarzning bir qismini uzish maqsadida Sh.So¬diqova aytgan joyga borishga majbur bo‘ladi.

Bu vaqtda Sh.Sodiqovaning niyati boshqa edi. U ona-bolani o‘ldirishni maqsad qilib, bolta va pichoq olib kelib qo‘yadi,

Bexabar A.Ilhomova aytilgan manzilga keladi. Sh.Sodiqova esa keksa ayolni ichkariga taklif qiladi. Suhbat talashishga, undan janjalga aylanadi va Sh.Sodiqova qo‘shni xonadan bolta olib chiqib, A.Ilhomovaning duch kelgan joyiga ura boshlaydi. Ayol ketma-ket zarbalardan jiddiy tan jarohati olib,  voqyea joyida jon taslim qiladi.

Endi Sh.Sodiqova marhumaning qizini o‘ldirish rejasini tuzadi. Qonga belanib yotgan ayolning cho‘ntagidan qo‘l telefonini olib, Z.Ilhomovaga qo‘ng‘iroq qiladi va "Onangizni mazalari qochib qoldi", deydi. Z.Ilhomova yetib kelib, nima bo‘lganini anglashga ulgurmay uni ham shafqatsizlarcha bolta bilan urib o‘ldiriladi.

Shundan so‘ng A.Ilhomovaning qulog‘idagi 24 mln. so‘mlik ziragini, cho‘ntagidagi 500 AQSH dollarini va Z.Ilhomovaning ham qulog‘idagi 433 ming so‘mlik zi¬ragini yechib oladi.

Endi u ayollarning jonsiz tanalarini bo‘laklarga bo‘lib, bir necha sel-lofan paketlarga joylaydi va "YUqori Toshkent" kanaliga tashlab yubora- di.

Sh.Sodiqova endi Z.Ilhomovaning o‘g‘lini ham bir yoqli qilish payiga tushadi, biroq uning rejalari turli to‘siqlar sabab amalga oshmaydi.

Marhumalardan xavotir olayotgan oila a'zolariga Sh.Sodiqova marhumning telefonidan "Xavotir olmanglar. Biz 2-3 kunda borib kela-miz", degan sms-xabar yuboradi. Ammo ulardan boshqa xat-xabar bo‘lmaydi. Shundan so‘ng ushbu holat haqida huquqni muhofazaqiluvchiorganlarga xa¬bar beriladi.

Ish buyicha dastlabki gumonlanuvchi Sh.Sodiqova edi. Tergov ja-rayonida bu kimsa sodir etgan jinoyatiga iqror bo‘lishdan boshqa chorasi qolmadi. Jinoyat ishlari buyicha Toshkent shahar sudi Sh.Sodiqovani xavfli retsidivist deb topdi va jazoning dastlabki to‘rt yilini qamoqda, qol¬gan qismini qattik tartibli koloniyalarda o‘tashni belgilagan holda 13 yilu 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2182 | Добавил: Admin | Теги: Panjara ortida aqli kirmagan ayol y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31