• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Fevral » 23 » Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi
16:52
Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi


Xonanda Ozoda Saidzodaning yangi imidji shou-biznes vakillari, muxlislar va jurnalistlar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning taxallusi va imidji o‘zgarishi sabablarini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.— Nima uchun Nursaidova familyangizni Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdingiz?
— Bolaligimdan bobomning nomini o‘zimga olishni niyat qilib yurardim, shu sababli ham familyamni bobomning ismi — Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdim. Yana bir maqsad — milliylik ruhini olib kirish uchun ham shunday qilindi.
— Imidjingizni o‘zgartirganingiz ham ijtimoiy tarmoqlarda ancha muhokama bo‘ldi. Ba’zi bir muxlislarni "bizga avvalgi Ozodani qaytarib bering”, degan fikrlarini ham o‘qidik. Imidjingizni bu darajada o‘zgartirishingizga nima sabab bo‘ldi?
— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, imidjimning o‘zgarishi sababi salomatligim bilan bog‘liq. Bu odamlar aytib yurgan darajada, "Ozoda og’ir kasal ekan”, degan mish­-mishlar darajasidagi kasallikdan emas. Jarrohlikdan so‘ng soch to‘kilish holatlari bo‘lib turar ekan. Sochim rangining o‘zgarishi aynan imidj uchun qilinmagan. Holatdan kelib chiqib, vaziyatga to‘g‘ri yondashib shunday imidj o‘yladik. Bu odamlarni o‘zimga qaratish yoki shunga o‘xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas. San’atkor muxlislarning e’tibori markazida yuradi. Shu sababdan, o‘ta zamonaviylik ham yoki zamondan orqada qolish ham yarashmaydi. Milliyligimiz, o‘zbekchiligimizdan kelib chiqqan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.— Ijodingizda nima yangiliklar bor?
— O‘tgan yil "E’tirof et” deb nomlangan, hali tugatilmagan albomimning qoralama varianti tarqab ketdi. Salomatligim bilan bog‘liq muammolar sababli bu albomni tugatish bir yilga kechikdi — o‘sha paytda shifokorlar menga bir yil davomida qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘ygandi. Hozir "E’tirof et” deb nomlangan albomimni yozib tugatish arafasidamiz.— Shifokorlar taqiqining sababi nima?
— Mendagi kasallik professional operachilarda uchraydi. Ya’ni, jonli qo‘shiq kuylaganda ortiqcha zo‘riqish, bor imkoniyatni ishga solish kerak bo‘ladi, buni o‘sha vaqtda sog‘ligim ko‘tarmas edi. Shu sababdan shifokorlar qo‘shiq aytishimni taqiqlab qo‘yishgan edi. Hozir hammasi yaxshi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1897 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29