• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1370
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 168
Гостей: 168
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2023 » Fevral » 19 » Ozarbayjon prezidenti Eron bilan aloqalarni normallashtirish shartini aytdi
22:04
Ozarbayjon prezidenti Eron bilan aloqalarni normallashtirish shartini aytdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Boku va Tehron o‘rtasidagi munosabatlarning normallashishi Eron rasmiylari Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan teraktga aloqador barcha shaxslarni aniqlab, javobgarlikka tortgandan keyingina mumkinligini aytdi. Bu haqda "Interfaks” xabar berdi.

"Elchixonamizga qilingan teraktdan xabaringiz bor. Bu Ozarbayjon diplomatik missiyasiga qarshi uyushtirilgan terrorchilik harakati edi. Terrorchi 30-40 daqiqa davomida qurolsizlantirilmadi, politsiya mashinalari va xavfsizlik xodimlari kelib-ketdi, lekin unga ikki marta elchixona binosiga kirishga, elchixona qo‘riqchilaridan birini o‘ldirishga va yana ikki kishini jarohatlashga ruxsat berildi”, — dedi Aliyev Ozarbayjon jurnalistlariga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchini qurolsizlantirgan qo‘riqchilardan birining jasorati o‘nlab ozarbayjonliklarning hayotini saqlab qolgan bo‘lishi mumkin. 

"Chunki bu uyda diplomatlarimizning oilalari, jumladan ularning farzandlari yashagan. Shuning uchun bu ishning zudlik bilan va oshkora tergov qilinishini talab qilamiz. Terrorchining teraktdan so‘ng Eron matbuotiga intervyu bergani uning Eron tuzumining ayrim vakillari tomonidan yuborilganidan dalolat beradi. Uning ikki kundan keyin aqli zaif deb tan olinishi ham g‘alati. Qanday qilib ular shunchalik tez ekspertiza o‘tkazdi? Bu uning adolatdan qochishi uchun qilingan harakat edi”, — dedi prezident.

2023-yilning 27-yanvar kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbarini o‘ldirdi. Qurolli hujumni qaytarish chog‘ida uning yana ikki xodimi yaralandi. Prezident Ilhom Aliyev tomonidan terakt sifatida baholangan ushbu hodisadan so‘ng Ozarbayjon hukumati Tehrondagi elchixonaning barcha xodimlari va ularning oila a’zolarini evakuatsiya qilishga qaror qildi.

Evakuatsiya 29-yanvar kuni amalga oshirilgan. Hozirda Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasi faoliyati to‘xtagan. Eron rasmiylari elchixonaga hujum qilgan shaxs shaxsiy sabablarga ko‘ra harakat qilgan degan versiyada turib oldi. Boku, o‘z navbatida, bu versiyani qabul qilmasligini bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:278 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728