• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Noyabr » 7 » Ot muchali yilida tug'ilganlar
13:21
Ot muchali yilida tug'ilganlar

1906, 1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014 yillarda tavallud topganlar. Sharq xalqlarida otlarga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, hatto ular ilohiylashtirilgan, g'ayritabiiy kuchga ega, deb hisoblangan. Otlarga xos bo'lgan «gijinglab» turish, olovdek yorqin qo'rinishi, ish qobiliyatiga ega bo'lish, chidamlilik kabi xususiyatlar insonning qo'lidan kelmaydigan jihatlardir. Shuning uchun ham mazkur muchal yilida tug'ilgan kishilarda yuqorida bayon qilingan xususiyatlar mujassamlashgandek tuyuladi. Sharq muchal taqvimi bo'yicha Ot - haqiqatparvarlik, adolatparvarlik ramzidir. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar yoqimtoy, ko'pchilikni o'z ortidan ergashtira oladigan, jamoatchilikning diqqat-e'tiborida bo'lishga intiladigan, qat’iy, ko'p hollarda esa o'jar va qaysar, nohaq bo'lsalar ham o'z aytganidan, bilganidan qolmaydigan bo'ladilar. Jahllari chiqqanda otday kishnab, baland ovozda so'zlaydilar va hatto baqiradilar ham. O'zini ko'zlovchi bo'ladilar. Ular aqlli, qobiliyatli, har narsaga uquvlari yetadigan kishilardir. Shuningdek, hayotning harqanday masalalari bo'yicha ko'pchilik bilan bahslasha oladigan, tortishadigan kishilardir. Doimo o'zlarini haqman, deb hisoblaydilar. Yana shunisi e'tiborliki, mazkur muchal yilida tug'ilgan tengdoshlar, sinfdoshlar, kursdoshlar uzoq yillar davomida o'zaro do'stlik rishtalarini bog'lab, tez-tez uchrashib turadilar, gap-gashtaklar, to'y-marosimlarni birgalikda, hamjihatlikda o'tkazib boradilar. Xuddi otlar gala-gala suruv bo'lib yurganlaridek. Ba'zan ikkilanadilar ham. Boshqalar ularga e'tibor berishlarini yoqtiradilar. Odamlar orasida bo'lishni sevadilar. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar jismoniy xarakat bilan bog'liq mashg'ulotlarni, sport bilan shug'ulanishni sevadilar. Ularning qiziqish doiralari shu qadar kengki, o'ylab topgan loyihalarini amalga oshirish uchun ularda doimo vaqt va kuch, mablag' etishmaydi. Ular doimo odamlarni lol qoldirishga, o'ylab topgan ishlari bilan ko'pchilikni hayron qoldirishga harakat qiladilar va ko'p hollarda shunga erishadilar ham. Kamdan-kam hollarda moliyaviy masalalarda muammolarga duch keladilar. Moddiy jihatdan ta'minlanganliklariga qaramay, o'zlarining moliyaviy holatidan qoniqmaydilar. Sayohatlarni hush ko'radilar va hech kimning oyog'i yetmagan joylarga sayohat qilishni orzu qiladilar. Har qanday raqibni «tuyoqlari» ostida majaqlab tashlashga tayyor bo'ladilar. Boshqalarning his-tuyg'ulari, manfaatlari ularni ham qiziqtiradi. Hayoti davomidagi eng muhim maqsadi o'z «ustidagi», zimmasidagi yukini manzilga eson-omon olib borsa bas.

 Ot muchalidagi erkaklar: Ot muchalidagi erkaklar o'z juftlariga nisbatan e'tiborli, g'amho'r va mehribon bo'lishlari bilan birga, o'zlarining mustaqilligi va erkinliklarini saqlab qolishga intilib xudbinlikka moyildirlar. Tabiatan mustaqil bo'lib, boshqalarning maslahatlariga quloq solmaydilar, garchi nohaq bo'lsalarda, o'z bilganlaricha va o'ylaganlaricha ish ko'radilar. Ularning ijobiy jihatlari: mehnatsevar, haqiqatgo'y va latofatlidirlar. Ot muchalidagi erkaklar oila qurganlarida oila timsolidagi kichik bir dunyoning to'la hukmdori bo'lishni va bu dunyo uning hukmi ostida aylanishini istaydilar.
Ot muchalidagi ayol(qiz)lar: Ot muchalidagi ayol(qiz)lar xushbichim, istarasi issiq va jozibador bo'ladilar. Ular aqlli, o'qimishli, kirishimli, yaxshi suhbatdosh bo'lib, san'at asarlarini yaxshi tushunadilar. Mazkur muchal sohibalari o'zlarining tashqi ko'rinishlariga, qomatlariga hamda kiyinishga e'tiborli bo'lib, sayru sayohatlarni sevadilar. Ko'plab ijobiy xarakterga ega bo'lsalar ham tabiatan xudbindirlar va ko'p hollarda o'zlarini tuta olmaydilar. Ba'zi hollarda ularga dam olish zaruriyati tug'iladi. Buni yoddan chiqarmasliklari lozim. Ot muchalidagi ayol(qiz)lar o'zlari bilan teng yoki yuqori tabaqadagi oiladan umr yo'ldosh qidiradilar. Sevgi bobida juda ham jo'shqindirlar. O'z sevgilisiga etishishi uchun har qanday ishdan yoki erishgan mavqeyidan voz kechib, bor kuch-g'ayratlarini ishga soladilar. Ulardagi bunday xususiyat ko'p hollarda baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Bunday xususiyatini yetarlicha qadrlay olmagan kishi Ot muchalidagi ayol(qiz)larga ozor yetkazishlari mumkin. Buning oqibatida ular boshqalarga ishonmay qo'yadilar. Ot muchalidagi ayol(qiz)lar faqat og'ir-bosiqlik bilan o'z baxtini topishlari mumkin. 
Категория: Muchal va Burjlar | Просмотров:1480 | Добавил: Admin | Теги: Ot muchali yilida tug'ilganlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Noyabr 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930