
Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan anjumanda yosh ishtirokchilardan biri Abilibaba Group asoschisi, 22,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromad sohibi Jek Madan agar hozir uning yoshi 25 yoshda bo‘lganidan nima qilishini so‘radi.
1) Imkoniyatlar izlang
Imkoniyat hamma joyda bor. Hozir hamma internetni kelajak deb ataydi. 10 yil avval internet buyuk edi, chunki o‘shanda u haqda ko‘pchilik bilmas edi. Hozir esa internet ham qiyinlashib bormoqda. Chunki bu yerga hamma aqlli insonlar yo‘nalmoqda. Shuning uchun siz real sektorga chiqqaningiz ma'qul.
2) Texnologiyalardan foydalaning
Agar restoran ochmoqchi bo‘lsangiz, uning hech kimnikiga o‘xshamagan bo‘lishi uchun texnologiyalardan foydalaning. Nafaqat hi-tech, balki texnologiyalar ham ish beradi. Ularni hamma joyda qo‘llash mumkin.
3)Keng fikrlang
Biron fikr yoki g‘oyani qarama-qarshi tomondan ham ko‘ra biling. Kimningdir fikriga qo‘shilishdan avval o‘ylang: Bu rostan ham to‘g‘ri fikrmi? Biron fikrga ko‘pchilik qarshilik qilganda, siz aksincha mazkur qarorning noto‘g‘ri ekanligi haqida ham o‘ylab ko‘ring.
4) Tashvishlanmang!
Agar yoshingiz 25 da bo‘lsa, tashvishlanmang. Siz tomondan yo‘q qo‘yilgan har bir xato—bu siz uchun katta ahamiyatga ega.
5)Shoshilmang
Men yosh avlodga har doim quyidagi sxema haqida so‘zlab beraman:
20 yoshgacha talaba bo‘ling. Tadbirkorlik kutib turadi, hunar o‘rganing.
30 yoshgacha kimgadir ergashing. Uncha katta bo‘lmagan kompaniyada ishlab ko‘ring. Qanday lavozimda ishlashingiz muhim emas, muhimi qanday boshliq bilan ishlash. Yaxshi rahbar sizga ko‘p narsalarni o‘rgata oladi.
30 yoshdan 40 yoshgacha agar tadbirkor bo‘lishni istasangiz, o‘zingiz uchun ishlang.
40 yoshdan 50 yoshgacha kasbingizni o‘zgartirishga kech bo‘ldi. Faoliyatingiz davomida erishgan yutuqlaringizga qarab mo‘ljal oling.
50 yoshdan 60 yoshgacha yoshlar bilan ishlang. Ular siz uchun ko‘p narsa qilishlari mumkin. Ularga investitsi kiriting
60 yoshdan keyin o‘zingizga e'tibor bering. Sizni quyosh va plyaj kutmoqda.
6) Xato qiling
25 yoshlilarga mening maslahatim—Xato qiling! Tashvishlanmang. Siz yiqilasiz va turasiz, yiqilasiz va turasiz. Bundan, yoshligingiz va hayotingizdan zavqlanib yashang!