• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Aprel » 26 » Oq uy Trampning saylovlar oldidan Twitter’ga qaytishidan xavotir bildirmoqda
11:42
Oq uy Trampning saylovlar oldidan Twitter’ga qaytishidan xavotir bildirmoqda

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ilon Mask Twitter’ni sotib olganidan so‘ng sobiq prezident Donald Trampning ushbu ijtimoiy tarmoqqa qaytishidan xavotirda, deb yozadi CNBC telekanali.

Ma’muriyat xodimlari va yuqori martabali demokrat mulozimlar Maskning Tramp va ba’zi respublikachilarning Twitter’ga qaytishiga ruxsat berishidan xavfsiramoqda.

Bayden ma’muriyatining rasmiylari AQSHda kuzda bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar va 2024-yilgi prezidentlik poygasi oldidan Twitter’da demokratlar va Baydenning pozitsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘payishini inkor etmayapti.

"Endi Tramp Twitter’dan 2022 va 2024-yillarda hokimiyatni qayta tiklash va zararini oshirish uchun foydalanadi, Ilon Mask esa uni to‘xtatish uchun hech narsaga kafolat bermagan”, — dedi CNBC’ga Demokratik partiyaning faxriy strategi Meri Enn Marsh.

Trampning o‘zi CNBC telekanaliga Mask platformani sotib olganidan keyin ham Twitter’ga qaytmasligini aytgan. U o‘zi homiyligi ostida yaratilgan TRUTH ijtimoiy tarmog‘ida qolishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-yanvar kuni Trampning tarafdorlari prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari bo‘yicha AQSH Kongressining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tayotgan Kapitoliy binosiga hujum uyushtirganidan keyin, Twitter Trampning akkauntini bir umrga bloklab qo‘ygan edi. Keyinroq Amerikaning sobiq rahbari ijtimoiy tarmoqni zerikarli deb atagan va o‘z postlari chop etilgan paytlardagina platforma "jo‘shqin” bo‘lganini ta’kidlagan.

2022-yilning 25-aprelida Spacex asoschisi Ilon Mask Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mask Twitter’da so‘z erkinligini ta’minlash niyatini bildirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:387 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930