• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 23 » «Oq ajal»ning qora girdobi
13:55
«Oq ajal»ning qora girdobi

Giyohvandlik qanchalik mash`um balo ekani ortiqcha izoh talab etmaydi. Shu bois, mamlakatimizda ham giyohvand moddalarni etishitirish, saqlash, o`tkazish singari jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har yili xalqaro giyohvandlikka va giyohvand vositalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni arafasida poytaxtimizda Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat huquq-tartibot idoralari tomonidan musodara qilingan giyohvandlik vositalari jamoatchilik ko`z o`ngida yo`q qilinadi.

Birgina o`tgan yilning o`zida ikki tonnadan ortiq og`u yo`q qilingan edi. Joriy yilda ham bu tadbirga jiddiy hozirlik ko`rilayotganiga shubha yo`q.Ammo, bu boradlagi tadbirlarning muntazam tus olayotgani hali bu xavfli illat hamon insoniyat, jumladan xalqimiz boshiga o`z ko`lankasini tashlab turganini ko`rsatadi.

Mamlakatimizning janubiy sarhadlari ortidagi Afg`oniston bugungi kunda ham narkotik moddalarning asosiy manbai bo`libqolayotir. BuO`zbekistondagi vaziyatga ham o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi. Xalqaro ekspertlarning ma`lumotlariga ko`ra, 2016 yili qo`shni o`lkada 201 ming gektar maydonda 4800 tonna opiy etishtirilgan. Bu ko`rsatkich 2015 yilga nisbatan 18 ming gektar va 1,5 ming tonna ko`p demakdir.

Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakatimizda 2016 yildahuquq-tartibot idoralari tomonidan giyohvand moddalar bilan bog`liq 6646 ta jinoyat fosh etilgan,noqonuniy aylanishda bo`lgan uchyarim tonnadan ortiqkilogramm giyohvand modda musodara qilingan.

Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan yili giyohvandlik vositalari bilan bog`liq jinoyatlarni sodir etgani uchun ushlangan shaxslarning 110 nafari chet el fuqarolaridir.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridn boshlab, narkobiznesga qarshi kurash yo`lida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. O`zbekiston 1995 yildayoq BMTning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator konvensiyalariga qo`shilgan. 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari to`g`risidagi qonuni” qabul qilingan.

Mamlakatimizda amal qilayotgan tartibga muvofiq, sudda ashyoviy dalilsifatida ko`rsatilgan giyohvandlik vositalarihukm qonuniy kuchga kirgach, maxsus pechlarda yoqib yuboriladi.O`zbekistonda 1994 yildan buyon 57 tonna 443 kilogramm giyohvand moddalar shu tartibdayo`q qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1431 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930