• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 26 » Ombudsman janob Saidovning tanqidiga javob qaytardi
14:42
Ombudsman janob Saidovning tanqidiga javob qaytardi

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsman Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining direktori Akmal Saidovning joylarda inson huquqlari bo‘yicha vakillarning ishi qoniqarli emasligini tanqid qilganiga javob qaytardi.

Akmal Saidov Andijon shahar IIB binosida qiynoqqa solingan va shifoxonada vafot etgan fuqaroning oila a’zolari blogerlardan ularni himoya qilishni so‘raganini aytib, joylarda Ombudsman vakilari ishlamayotganiga urg‘u bergandi.

"Xodimim Andijonga bordi. Marhumning oilasida bo‘ldi. Oila a’zolari undan nimani so‘rashganini bilasizmi? "Bizni blogerlar qiynab yuborishdi. Bizning qayg‘umizdan ular nima qilishmoqchi ekanini bilasizmi? Nima qilishmoqchi ekanliklarini bilmaymiz. Bizlarni blogerlardan himoya qiling”. Bu marhum oila a’zolarining so‘zlari.

Ombudsmanning mintaqaviy vakilining javobi meni qalbimni xira qildi. Xodimim unga "Siz bu yerdasiz, siz viloyat vakilisiz” deganida u "Menga marhum oila a’zolaridan hech kim javob bermadi” debdi. Bu qanday javob? Men bu kabi holatlarga reaksiya qilish ombudsmanning birinchi darajali majburiyati deb hisoblayman”, degan Saidov Xalqaro press-klub sessiyasida.

Ombudsman Saidovning tanqidiga javob berib, Andijondagi qator Ichki ishlar binolari, o‘z xohishi bilan keta olmaydigan joylarda monitoring o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

"Ushbu salbiy holat vujudga kelishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rganish va kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan milliy preventiv mexanizm doirasida Ombudsmanning Mintaqaviy vakili, O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik” jamiyati hamda "Yuksalish” umummilliy harakatining Andijon viloyati bo‘yicha vakillari ishtirokidagi ekspert guruhi tarkibida Andijon viloyatida joylashgan bir qator ichki ishlar bo‘limlari, shaxslar ushlab turilgan, o‘z erki bilan chiqib keta olmaydigan joylar va tergov hibsxonasida joriy yilning 22-23 iyun kunlari monitoring o‘tkazildi”, deyiladi Ombudsman izohida.

Qayd etilishicha, monitoring davomida Andijon viloyatida joylashgan 3-son tergov hibsxona, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanadigan Maxsus qabulxona va Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya etish Markazida o‘rganish ishlari olib borilgan.

"Shuningdek, Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi, Baliqchi va Qo‘rg‘ontepa tumanlari ichki ishlar bo‘limlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasining 4- va 6-son ichki ishlar bo‘limlarida ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llanilgan yoki vaqtincha ushlab turilgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlari qo‘llanilishining oldini-olish uchun ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi”, deyilgan bayonotda.

Ekspertlar guruhi a’zolari marhum A.Abdukarimov xonanida ham bo‘lgan. Xonadonda marhum A.Abdukarimovning singlisi M.Ibragimova jinoyat sodir etgan ichki ishlar xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

"Bu haqda biz batafsil ma’lumot bermoqchi edik. Ammo, bugun, Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar vazirligi, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi) yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori, akademik A.Saidov o‘z chiqishida Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga tanqidiy fikrlar bildirdi”, deyilgan Ombudsman izohida.

Ta’kidlanishicha, marhum A.Abdukarimov ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yetkazilgan tan jarohati natijasida vafot etganligi haqida internet nashrlarida xabar tarqalgach, ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan o‘rganilib, alohida nazoratga olingan.

"14 iyun kuni Ombudsman tomonidan munosabat va marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirildi. Qolaversa, Vakil tomonidan ushbu salbiy holat yuzasidan jurnalistlarga intervyu berildi. Bu paytda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz jim edi (saytlarda berilgan munosabatlar sanasidan bilish mumkin). Buning uchun, avvalo, jurnalistlar, internet nashrlari va blogerlarga minnatdor bo‘lishimiz kerak. Davlat rahbarining irodasi bilan mamlakatimizda bugun so‘z va fikr erkinligi qaror topdi. Bu esa inson huquqlarini himoya qilishdagi O‘zbekistonning eng katta yutug‘idir”, deya ta’kidlangan vakilning harakatlari.

Bayonotda Saidovning Inson huquqlari bo‘yicha vakilning hududlardagi mas’ullari ishlamayotgani haqidagi tanqidiga javoban, maosh masalasi eslatib o‘tilgan. Ombudsman joylardagi vakillari jamoatchilik asosida xizmat qilishi va aniq ish o‘riniga ega emasligi aytilgan.

"Shuni alohida ta’kidlashni istar edikki, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari hamon jamoatchilik asosida (maosh olmaydi) faoliyat olib borishadi va ular o‘z ish xonalariga ega emas. Bu haqda Vakil bir necha yillardan buyon parlament palatalariga murojaat qilib keladi. Bundan tashqari Vakil kotibiyati o‘z binosiga ega emas, balki Metropoliten binosida ijarada faoliyat olib boradi (fursatdan foydalanib metropoliten rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz).

Bu muhim emas! Muhimi Andijondagi voqeaga hammamiz aybdormiz! Ichki ishlar ham, Ombudsman ham, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz ham!

Eng muhim xulosa, bunday holat boshqa takrorlanmasligi lozim. Inson huquqlari uchun hammamiz mas’ulmiz! ”, deyiladi tanqidga javoban

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 may kuni Andijon shahar IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvidagi ariza yuzasidan fuqaro A.Abdukarimovni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘ldi. Fuqaro Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialida 11 iyun kuni vafot etdi.

IIV holat bo‘yicha bayonot berib, uch xodimga nisbatan jinoiy ish ochilib, ular qamalganiin, 5 xodimi ishdan bo‘shatilgani, 19 nafari jazolanganini ma’lum qildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgach, Ombudsman faoliyati, Ichki ishlar organlari va Prokuratura tizimini ayovsiz tanqid qilgandi. Oradan deyarli 4 yil o‘tganiga qarama sohada maqtangulik ishlar qilinmaganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:471 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь