• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Yanvar » 12 » "Oltin to‘p"ni Xayrulla Hamidov sharhladi
07:06
"Oltin to‘p"ni Xayrulla Hamidov sharhladi




11 yanvar kuni Shvetsariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan "Oltin to‘p” taqdirlash marosimini butun jahon OAVlari yoritib bordi. Ularning har biri o‘z uslubiga, yo‘nalashiga ega. Bular orasida futbol sharhlovchisi, jurnalist Xayrulla Hamidovning uff.uz sayti orqali havola etgan onlayn reportaji alohida e'tiborga sazovor bo‘ldi. Bu reportajni ikki soat oralig‘ida qariyb 100 ming nafar internet foydalanuvchisi kuzatib bordi. E'tiboringizga ushbu reportajni to‘laligicha havola etamiz.ENG YAXSHI AKTYORLAR

"Oltin to‘p” marosimini "Oskar”ga o‘xshatsak bo‘ladi. Dastlab eng yaxshi rejissyorlar, dizaynerlar, musiqa ustalari va ikkinchi rollarga mukofot topshiriladi, sababi eng asosiysi oxiriga qoladi. Bu ham bo‘lsa, yilning eng yaxshi aktyori!

Futbolda ham hammasi aktyorlarga qurilgan. Murabbiylarni cheksiz hurmat qilgan holda aytamizki, futbol avvalo maydonda harakat qilayotganlarning o‘yinidir. Maydonda esa murabbiylar emas, futbolchilar!

Rejissyorlar har qancha urinmasinlar, biz tomosha qiladigan filmda aktyorlarni ko‘ramiz, Di Kaprioyu Klunilarni ko‘ramiz. Futbolda ham asosiy ishni murabbiylar qilayotganini bilsak-da, Ronaldu-Messilarni kuzatamiz, Neymaru Suareslar o‘yinidan rohatlanamiz. Ya'nikim, orqa plandagilar muxlislar uchun u qadar qiziq emas.

Bugun ham shunday bo‘ladi. Hammasini hal qiluvchi pallaga dovur murabbiylarni, federatsiyalarni, klublarni, ayollar futbolini taqdirlab oladilar. Oxirida eng yaxshi futbolchini aniqlaydilar. Oskarda ham hamma yilning eng yaxshi aktyorini kutadi. Demoqchimanki, shuning uchun ham FIFAning bu tadbiri yil g‘oliblari deb emas, "Oltin to‘p” nomi bilan mashhurdir. Yana demoqchimanki, onlayn sharhimiz davomida oxirigacha biz bilan bo‘ling! Futbolimiz Di Kapriolarini, MettDeymonlarini aniqlaydigan payt yaqinlashmoqda...

Ko‘p futbolchilar, mashhurlar muxlislar oldidan - qizil yo‘lakdan o‘tib bo‘lishdi. Bu - an'anaviy odat bo‘lib, futbol ishqibozlari uchun ajoyib shou hisoblanadi. Taqdirlash marosimiga kira olmaganlar ham yulduzlar bilan rohatlanishlari kerakku, to‘g‘rimi?

Ramos va Pogbaning kirib kelishi muxlislarda katta taassurot qoldirdi

Serxio Ramos rafiqasi bilan, Pogba esa onasi bilan keldi. Milliy mentalitet, har holda...Agar Oltin to‘pni Ronaldu olsa, Messi qatori qatorasiga uch marta Oltin to‘pni olgan futbolchiga aylanadi, Messi olsa, qatorasiga to‘rtinchi marta Oltin to‘p egasi bo‘lgan yagona o‘yinchiga aylanadi. Uning 2009 yilgi g‘olibligi boshqa nomdaligi uchun shunday aytyapmiz. Van Basten, Platini va Yoxan Kroyflar ham bu natijaga havas qilsalar bo‘ladi...

Kakaning mashinadan tushib kelishi ham muxlislarning qiyqirig‘iga sabab bo‘ldi. Har holda, oxirgi "yerlik" Oltin to‘p sohibi:)

Murabbiylarning tashqi ko‘rinishi ham rol o‘ynaydi. G‘oliblik uchun eng asosiy da'vogar Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Sampaolini muxlislar tanimay qolishdi. Tanishmasa tanishmasin, bir pas turib birga selfi qilishmaganiga pushaymon bo‘ladilar.

Matbuot anjumanida Messi Ronalduni "hamma futbolchi havas qilgulik o‘yinchi" deb maqtabdi... Ronaldu esa "Messidan nimadir olish kerak bo‘lsa, chap oyog‘ini olardim" debdi... Neymar esa "ikkisidan bittadan oyoq olardim", debdi... Operatsiya xonasi qivoribsizlarku, yigitlar:)

Messi beshta oltin to‘pini bittagina jahon kubogiga almashtirmoqchiligini aytibdi. O‘sha final oqshomida shunday his bilan o‘ynash kerak edi, Leojon!

Boshladik bo‘lmasa... G‘arb g‘ijjagining qo‘rqinchli kuyi bilan boshlashdi marosimni... G‘alati boshlanish!

Klip ketyapti...

Ayol va erkak futbolchilarning hayajonli harakatlari...

Keyt Abdo 190 davlat vakillarini tabriklamoqda, salom yo‘llamoqda... Chunki shuncha davlat to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilyapti, jumladan O‘zbekiston ham!

Uchtadan juftliklar chiqishdi. Ronaldu, Messi va Neymarning juftliklari ham g‘oliblik uchun da'vogarlar, tag‘in rafiqalari deb o‘ylamang,a?)

Ronaldu baribir umid qilmoqda... Men eng zo‘rman, deyapti. Odam oxirigacha ishonishi kerak!Yaponiyalik Ayya Miyama ham yaponcha gapirdi...

Kamtarin Messi ham ozgina gapirgan bo‘ldi... G‘olib bo‘lishini bilib turibdi chamamda...

Neymarning gaplaridan bilsa bo‘ladiki, u hozircha hech qaysi o‘rindan xafa bo‘lmaydi. Ammo keyingi yildan boshlab qattiq ranjishi turgan gap:)

Uchta golni ko‘rsatishyapti, Florenzi Barsaga urgani esingizda bor,a, Ter Shtegenga salomlar!
Lira qaychining antiqa uslubi...

Messi Atletikka urgan goli... Maydonda futbolchilar bormi?

Kim oladi, deb o‘ylaysiz? deyishyapti...

Samuel Etoo yil ramziysini aniqlash uchun sahnaga chiqdi, sahnaga biram yarashidiki bu bola)

Darvozabon Buffon... emas, Noyer!, Himoyachilar Silva, Marselo, ko‘rishib qo‘yishyapti bir-biri bilan... Serxio Ramos... yomon himoya emas...

Dani Alvesh!!!

Yarim himoya... Inyesta, nima, shubhalanganmidingiz? Modrich! RealMadrid... Bo‘yi uzun yigit kim, ohho‘, Pogbaku!

Hujumchilar - Neymar, Messi, Ronaldu! Ispaniyadan boshqa joydayam gol urishyaptimi o‘zi:)

Angliya tomonlarda ko‘rmayotgan bo‘lsalar ham kerak. Nachora!!! Tiyago Silva intervyu beryapti. PSJda o‘ynayotgani uchunmi franuzcha boshlab yubordi. To‘rtta til bilardi... Van Basten ham gapirgisi kelib qoldi... Bu jamoa bilan nima qilardingiz, degan savolga, "Hammasi chempionku", dedi
Pogba ham intervyu berishni boshladi... Keyt Abdoga gap otgandek tuyuldi. Britaniyalik jurnalist turmush qurganini esdan chiqardi, shekilli:)
Yil jamoasini to‘g‘ri topgan daniyalik muxlisni tadbirga kelmagan Noyer o‘rniga sahnaga chiqdi. Jamoani to‘ldirib turish uchun... Eng yaxshi o‘yinchisi Ronaldu ekan!

Yil jamoasining umumiy klipi ketdi. Zo‘r ishlashibdi.   Noyer boshlagan hujumni Ronaldu tugatdi. Ronalduni hozircha erkalashmoqda. Aniqrog‘i, ovutishayotgandek...

Ayollar ham futbol o‘ynashadi. Avvalo ularning eng yaxshilarini aniqlab olishadi. Erkaklarning ishiga aralashmanglar, deb chiqarib yuborish uchun:)
Amerikalik Karli Loyd! U amerikaliklar jahon chempioni bo‘lishgan lahzalarni xotirladi. Dunyodagi hamma ishni amalga oshirib bo‘ldik, deb o‘yladik, deyapti. U haqda dugonalari yaxshi gaplar gapirishdi. Demak, g‘olib bo‘lish ehtimoli bor! Karli Loydni sahnaga chaqirdilar. U bu kiyimda futbolchiga o‘xshamasligi xususida gap bordi. Yana final haqida gapirib boshladi.

Leonel Messi tango ostida! Lavezzi Messi haqida to‘lqinlanib gapiryapti. Bo‘ladigan bola boshidan, degandek Messi yoshligida ham super o‘yinlar ko‘rsatganini aytdi. Uning raqobatchisi yo‘q, deyapti. Uning gollari boshqa olamning gollari! Har bir futbolchi Oltin to‘pni bir marta bo‘lsa ham yutgisi keladi, lekin Messida bunaqa to‘plardan to‘rtta bor!

Beshta kubokni qo‘lga kiritgan Barselona haqida so‘raldi, Messi ham ispancha boshladi. Jarohati haqida qayg‘urib gapiryapti. U futbolsiz juda ham qiynalib qolganini aytdi. Shunga qaramasdan Oltin to‘pga da'vogar ko‘rishganidan xursandligini aytmoqda
Ayollar futbolidagi murabbiylar haqida gap boshlandi. Ikkita erkak kishi lekin.

Eless ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiy bo‘ldi! Uning terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgandi. Shunaqa! Ikki erkak kishi ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritish zo‘r bo‘lsa kerak, buni biz bilmaymiz, ammo ayollar futbolidagi ishlarda erkaklar g‘olib bo‘lishsa, salgina adolatsizlik bo‘lardi! Amerikalik murabbiya o‘z shogirdlariga minnatdorchilik bildirmoqda!

Birinchi g‘olibni eslab qoling - Eless!

Endi erkaklar ichidagi murabbiylar: Gvardiola, Enrike, Sampaoli. Ikkisi ispan va klublar murabbiyi. Sampaoli esa Chilini Janubiy Amerikada g‘olib qilgan shaxs!

Karlos Bilardo nomni tanladi, demak... Luis Enrike! Barselonada bir yildayoq afsonaviy murabbiyga aylanmoqda. Ana sizga birinchi mavsum!

Luis Enrikening o‘zi kelmagani uchun uning nomidan boshqalar gapirmoqda!

Eng yaxshi futbolchi ayolning ikkinchi da'vogari yaponiyalik Ayya ! U ham yengishi mumkinligi xususida gap bormoqda! Osiyolik bo‘lgani uchun unga muxlislik qilayotganlar ham bor! Miyami sahnaga chiqdi. To‘g‘risini aytamiz, futbolchiga o‘xshamaydi, uyalibroq turibdi. Uyalib turganlardan qo‘rqish kerak-da, indamasdan to‘rttalab OTni olib qo‘yaverishi mumkin-da:)

Feyr pley, halol o‘yinga haqlilarni ko‘ramiz. Kim g‘olib bo‘lar ekan?

Asamoa sahnaga chiqdi. Uning bu nominatsiyani aniqlab berishida ham o‘ziga yarasha belgi bor. Ganadan qochqin bo‘lgani esladi, qochqinlarga bo‘lgan iliq munosabatlar haqida to‘lqinlanib gapirmoqda. Futbol bugungi kunda katta kuchga ega, bundan faqat yaxshilik yo‘lida foydalanish kerak. deyapti

Irqchilik  qarshi so‘zlarga ancha qarsaklar bo‘ldi!

Sahnaga Krishtianu Ronalduni taklif qilishmoqchi. Marselo do‘sti haqida gapiryapti. Albatta, g‘olib bo‘lishi kerakligini ta'qidlab qo‘ymoqda. Ronalduning o‘zi ham Madridda bu qadar katta ishlar qilib yuboraman, deb o‘ylamagandim demoqda. Kadrda, albatta. Texnikani maqtayapti Ronaldu. O‘zining besh yuztalab golini bemalol ko‘rayotganidan mamnunligini aytmoqda. O‘tgan yili yig‘lagini ko‘rsatib o‘tishdi. U hissiyotlaridan uyalmasligini aytdi. Shunaqa!

Shashich ham chiqdi. Ayollar futboli bo‘yicha g‘oliblik qilishiga u qadar imkoniyati katta emasligini bilsada, yengmoqchiligini ta'kidladi.
Eng chiroyli gollarni yana eslab o‘tishdi. Qo‘shiqchiga navbat berilgunicha, barchaning e'tiborida bo‘lgan eng asosiy masalaga baribir to‘xtalib o‘tishmadi.
Hamma Neymarni kutmoqda. Braziliyalik iqtidor hali chiqmadi. Messi va Ronaldudan farqli ravishda u Oltin to‘pga xarisroq! Hozircha haqli deya olmaymizu, keyingi yillardan u asosiy da'vogarga aylanadi. Hozircha Barsada Messi bor, u ham to‘g‘ri tushunishi kerak.

Pushkash sovrinini kim oladi? Hozir aniqlanadi. Nom rol o‘ynasa kerak)

10 million muxlis ovoz bergan bu nominatsiyani Nakata e'lon qiladi. Lira eng chiroyli gol sohibi. Ana sizga NOM)))

BRAZILIYALIK Lira yig‘layapti. Kimsan Messi bilan tortishib yengmoqdaya.

Neymar haqida... Dani Alves do‘stini maqtamoqda

Ronaldo, eski Ronaldoning rasmini ushlab turib maqtadi. Demak, shunday kelajak tilamoqda

Neymar ertakchilarga o‘xshab kiyinib chiqdi. Unga savol berishdi. Sal qiynalib qoldi. Har holda, bu zalda birinchi marta u. Yoshligi xususida ham so‘rashyapti. Darvoqye, Messi ham ilk bora bu joyga chiqqanida uchinchi o‘rinni olgan

Agar sen oltin to‘pni olib qo‘ysang, noqulaymasmi Messi oldida, degan savolga, yo‘q, dedi. Messi tushunsa kerag-a:)

Ayollar futbolidagi eng yaxshi futbolchi aniqlanadigan paytga ham yetib keldik!

Aniqlash uchun Ayato chiqdi. Hozir u aniqlaydi. Loyd!!!

Jahon chempionati bu, azizlar! YECHL lardan ustunroq. Ayol kishi yig‘lamasa uyat bo‘ladi:)

Eng yaxshi futbolchini aniqlaymiz, Kaka chiqyapti. Oxirgi "yerlik"!!!

2007 ni ko‘rsatishyapti. ESLAYAPTI. Demak, hozir u aniqlab beradi. Moviy libosda chiqdi ammo:) Uchchalasini tushunishini aytyapti. Demak, g‘olib - ?

Diqqat! Messi! Ha, Leo Messi!Kutilganidek!

BESHINSI MARTA. BU YERLIK EMAS!!!

Messini va unga muxlislik qilgan hamma muxlislarni tabriklaymiz! Ikki yillik g‘oliblikdan so‘ng yengilgan Ronaldu hissiyotlarini ko‘rsatmadi.

Birinchi bor!

Syurix, xayr!
Категория: Har-Hil | Просмотров:2471 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031