• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1363
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Dekabr » 13 » Oltin baliqdan salomatlik tilaymiz!
11:33
Oltin baliqdan salomatlik tilaymiz!

Xonadoningizdagi okeanning bir parchasi nafaqat interyer uchun bezak, balki salomatlikka ham koni foyda ekanligini bilasizmi? Gap nima haqida borayotganini baliqsevarlar darhol tushunishdi. Zero, bu jonivor inson ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, uning xotirjamligiga xizmat qilishiyu qator xastaliklarini davolashga hissa qo‘shishini dunyo olimlari bot-bot ta'kidlashmoqda.

 

Serfazilat jonivor

Xonadonida baliq parvarishlovchilar boshqalarga nisbatan to‘rt-besh yil uzoq umr kechirishar va uch barobar kamroq shifokorga murojaat qilishar ekan. Aytishlaricha, Qadimgi Xitoy imperatorlari davlat tadbirlariga kirishishdan avval yarim soat baliqlarni kuzatishni odat qilishgan ekan.

Zoopsixologlarning ma'lumotlariga ko‘ra, besh daqiqa rang-barang baliqlarni kuzatish inson organizmiga foydalilik jihatidan yigirma daqiqalik uqalash yoki yarim soat suvda suzish mashqlaridek ijobiy ta'sir etadi. Shuningdek, beozor baliqlar bir qancha dardlarga davo ekanligini ham shifokorlar ko‘p marotaba e'tirof etishayapti.

"Nahot, meni davolasang?!”

* Neyrodermit (qattiq qichishish va keyinchalik terida o‘zgarishlar ro‘y berishi bilan o‘tadigan teri kasalligi) bilan og‘rigan bemorlar sun'iy havzada yashovchi jonivorlarni uzoq vaqt davomida tomosha qilishsa, xastaliklari asta- sekin ariy boshlaydi.  

* Akvariumdagi  bug‘langan suv xona haroratining namligini oshirib, nafas olishni yengillashtiradi. Shu bilan birga yuqori nafas yo‘llari xastaliklarining oldini olishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, bronxial astmaga chalingan bemorlar uchun juda foydalidir.

* Sun'iy havzada harakatlanayotgan baliqlar yurak qon-tomir kasalliklari muolajasida ham samara beradi. Xususan, shifokorlar stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarga baliq boqishni tavsiya etadilar. Gipertoniya va nevrosteniya xastaliklariga chalinganlar sokin, bir maromda harakatlanuvchi baliqlarni, anemiya, gipertoniya va depressiyaga duchor bo‘lganlar esa jadal harakatlanuvchi rang-barang baliqlarni tomosha qilishlari tavsiya etiladi.

* Shuningdek, bu mitti jonivorlar asabiylikni yengishga yordam berishi mumkin. hatto qisqa fursat davomida ularni tomosha qilish asabni tinchlantirib, qon bosimini me'yoriga keltiradi.

Uyqusizlikdan aziyat chekuvchilar  30-40 daqiqa davomida akvariumni tomosha qilsalar, orom ola boshlaydilar.

* Bolalardagi gepatit, ya'ni "sariq kasal”da baliqlarni tomosha qilish, xastalik  yengillashishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, muolaja uchun tanlangan baliqlar uzoq yashamaydi. Chunki ular insondagi salbiy quvvatni o‘ziga olib, tez orada nobud bo‘ladi.

* Maktab yoshidagi bolalarda diqqatni jamlay olmaslik, injiqlik va charchoq holatlari kuzatilganida ham mitti do‘stlarimiz yordamga keladi.  

* Dunyoning ba'zi shaharlaridagi dorixonalarda maxsus akvarium syujetlari tasviriga ega videotasmalar sotiladi. Ulardan shifoxonalarda, ayniqsa, tish shifokori qabulida foydalanish samarali natijalar bermoqda.

* Ba'zilar baliq allergik xastaliklarni qo‘zg‘atishidan xavotirga tushishadi. Biroq baliqning o‘zi emas, balki uning quruq ozuqasigina allergiya qo‘zg‘atuvchidir.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1247 | Добавил: Admin | Теги: Олтин балиқдан саломатлик тилаймиз! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031