• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 26 » Olti yoshli bolakay Obamaga xat yozdi
16:46
Olti yoshli bolakay Obamaga xat yozdi

Suriyaning Aleppo shahrida shu yilning17 avgust kunidagi havo zarbasidan so‘ng jarohat olgan va hodisaning ramziga aylangan 5 yoshli Umran ismli bolakayning surati butun dunyo bo‘ylab tarqalgan edi.
 
Amerikalik 6 yoshli Aleks ismli nyu-yorklik bola Umranni o‘z uyiga olib kelishni istayotganini aytib AQSH prezidenti Barak Obamaga xat yozdi.
 
Nyu-Yorklik Aleks xatida, "Biz unga oila va u bizga uka bo‘ladi” deb yozgan.
 
O‘z xatini baland ovozda o‘qiyotgan bolakayning videotasvirini 21 sentyabr kuni Obama internet orqali tarqatgan edi. Bu videotasvirni bir kunda 13 million tomoshabin ko‘rgan.
 
Aleksning xati
 
Qadrli, prezident Obama!
 
Suriyada tez yordam mashinasi olib ketgan bolani eslaysizmi? Siz uni (mening uyimga) olib kela olasizmi? Yo‘l chetidagi maydonda yoki ko‘chada biz sizlarni bayroqlar, gullar va sharlar bilan kutib olardik. Biz uni oilamizga qabul qilamiz va u bizga uka bo‘ladi. Katerina, mening kichik opam, unga kapalaklar va tillaqo‘ng‘izlar tutib beradi. Maktabimizda mening suriyalik do‘stim bor, uning ismi Umar va men ularni tanishtirib qo‘yaman. Biz hammamiz birga o‘ynagan bo‘lardik. Biz uni tug‘ilgan kun va bayramlarimizga taklif qilamiz, u esa bizga boshqa tilni o‘rgatadi. Biz ham yaponiyalik o‘rtog‘imiz Aotoga o‘rgatganimiz singari unga ingliz tilini o‘rgatamiz.
 
Itimos, xuddi o‘zi singari mehribon bola – Aleks unga aka bo‘lishini ayting. Uning o‘yinchoqlari bo‘lmasa, Katerina o‘zining katta ko‘k chiziqli o‘yinchoq quyonini berib turadi. Men esa mototsiklimni beraman va uni qanday minishni o‘rgataman. Matematikada qo‘shish va ayirishni mashq qildiraman. U Katerinaning yashil rangli lab bo‘yog‘ini hidlab ko‘rishi mumkin. Opam hech kimga bo‘yog‘iga tegishga ruxsat bermaydi.
 
Katta rahmat! Kelishingizni sabrsizlik bilan kutaman!
 
Aleks, olti yosh.
 
Obama bu videoni quyidagicha izohlaydi:
 
"Bular qanday ibodat qilishi, qanday ko‘rinishi, qayerdan kelganiniga qaramay o‘zga odamlardan shubhalanish, xavfsirash kabi tuyg‘ularni bilmaydigan olti yoshli bolakayning so‘zlaridir. Biz barchamiz Aleksga o‘xshashimiz lozim. Agar biz ham shunday bo‘lsak dunyo qanday ko‘rinishni tasavvur qilib ko‘ring. Biz yengadigan azoblar va saqlab qoladigan umrlarni tasavvur qiling.
 
Barchamiz Aleksdan o‘rnak olishimiz kerak", deydi o‘z izohi so‘nggida prezident.
 
Avval xabar berganimizdek, AQSH prezidenti sifatidagi faoliyati tugab borayotgan Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi sessiyasida davlat rahbari sifatida so‘nggi bor nutq so‘zlagan edi. Prezident ushbu nutqida bolakay yozgan xatga ham to‘xtalib o'tgan.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1696 | Добавил: Admin | Теги: Olti yoshli bolakay Obamaga xat yoz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь