• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 19 » Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi 28-fevral kuni chaqiriladi
21:15
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi 28-fevral kuni chaqiriladi

19-fevral, chorshanba kuni, Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva olib borgan yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisini 2020-yil 28- fevral kuni chaqirish to‘g‘risida 
qaror qabul qilindi.

Yalpi majlisda Senat a’zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalarni muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi, "Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi, "Metrologiya to‘g‘risida”gi, "Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan.

Shuningdek, senatorlar bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi, sud ish yurituviga axborot texnologiyalarini joriy etishning davom ettirilishi va nizolarni sudgacha hal qilish muddatlari maqbullashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonunlarni ko‘rib chiqadi.

Yalpi majlisda "Xalqaro xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ham muhokama etiladi.

Senatorlar tomonidan Prezidentning "Jamiyatda ijtimoiy-madaniy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash haqidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.

Senat a’zolari ichki ishlar vazirining 2019-yilda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, tashqi ishlar vazirining 2019-yilda vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati haqidagi axborotlarini eshitadi.

Yalpi majlis ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari yuzasidan parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, yalpi majlisda Vazirlar Mahkamasiga avval yuborilgan parlament so‘rovlari natijalarini ham muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining ikkinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Kengash tomonidan Senat qo‘mitalariga yalpi majlisda muhokama uchun masalalarni tayyorlashda hududlar manfaatlarini hisobga olish, aholini tashvishga solayotgan muammolarni ochib berish va hal etish bo‘yicha ijro hokimiyati organlari uchun aniq tavsiyalar ishlab chiqish topshirig‘i berildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829