• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 5 » Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oyibnazarovning orzusi ushaladimi?
22:09
Olimpiya chempioni Fazliddin G‘oyibnazarovning orzusi ushaladimi?

Fazliddin G‘oyibnazarovning havaskor boksda qiladigan ishlari hali anchagina. To‘g‘ri, u Olimpiada chempioni! Ammo, hozircha O‘zbekistonda ikki karra Olimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritgan bokschi yo‘q. Harakat qilsa arziydigan maqsad, shunday emasmi? Asosiysi, huddi ikki yil oldingidek unga yana ishonch bildirilishi lozim. E'tiboringizga bokschi bilan uyushtirilgan suhbatni taqdim etamiz.
 
Professional boksdagi faoliyat haqida
 
Professional boksdagi faoliyatim muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha to‘rtta jang o‘tkazib, ikkitasida nokaut evaziga g‘alaba qozondim. Navbatdagi jangim 14 iyul kuniga rejalashtirilmoqda. Raqibim hozircha noma'lum. YAqin orada aniq ma'lumotlar e'lon qilinadi.
 
Professional boksdagi qiyinchiliklar haqida gapiradigan bo‘lsam, vazn borasida biroz qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Havaskor boksda -64kg vazn toifasida jang o‘tkazardim. Hozir esa 61,2 kg (135 funt) vaznli bokschiman. Umuman olganda ko‘nikish qiyin bo‘lgani yo‘q. Ahir professional ringga karate orqali kirib borganim yo‘q-ku.
 
Havaskor boksda hali o‘z so‘zimni aytganim yo‘q
 
Olimpiada chempioni bo‘lganimga qaramay, havaskor boksda hali erishishim lozim bo‘lgan yutuqlar bor. Ahir O‘zbekistonda hali boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni yo‘q. Nima uchun men bu borada birinchi bo‘la olmasligim kerak?
 
Agar Milliy olimpiya qo‘mitasi, murabbiylar shtabi tomonidan shunday taklif bo‘lsa faxr va iftixor bilan Olimpiya o‘yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman. Asosiysi menga ishonishlari lozim. Men doimo tayyorman.
 
Riodagi Olimpiada oldidan tarkibda mendan ham kuchli bokschilar bor edi. Ammo, murabbiylar shtabi menga ishonch bildirdi.
 
Orada mag‘lubiyatlarga ham uchradim. Olimpiada finalidagi raqibim Lorenso Sotomayorga 2015 yili Ozarbayjondagi musobaqada yutqazganman. Aslida o‘shanda mag‘lub bo‘lmagandim, murabbiylar buni ko‘rishgan. Hakamlar xatosi tufayli u g‘alaba qozongan. Keyin esa Bokuda Ozarbayjon terma jamoasi bilan qo‘shma yig‘in o‘tkazganmiz. O‘shanda Sotomayorga qarshi sparring jangda g‘alaba qozonganman. Buni barcha ko‘rgan.
 
Rio Olimpiadasida uning finalga yetib borishi men uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Hal qiluvchi jangda umuman boshqa bokschini kutgandim. Chunki, -64kg vazn toifasida kuchli bokschilar yetarli edi. O‘shanda o‘zimga bildirilgan ishonchni oqlay olgandim. Bu safar taklif qilishsa yana ishtirok etaman. Lozim bo‘lsa ichki musobaqalarda qatnashib, yaxshi formada ekanligimni isbotlayman.
 
Rioda professional bokschilar medal qo‘lga kirita olishmagan
 
Riodagi Olimpiya o‘yinlarida professional bokschilar ham ishtirok etishgan. Ammo, ularning xech biri medal qo‘lga kirita olmagan. Chunki, professional boksda siz asosiy e'tiborni bitta jangga qaratasiz. Jangdan so‘ng sizda oylab tanaffus bo‘ladi. Havaskor boksda esa bunday emas. Bugun jang o‘tkazdingizmi? Ertaga yoki bir kun o‘tib navbatdagi bahsda ringga chiqasiz. Bunday vaziyatda bo‘shashmaslik lozim. Bu professional bokschi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi degani emas. Bo‘lishi mumkin. Shunchaki, Olimpiadadan kamida 9 oy oldin professional bokschi havaskorlar bilan birga mashg‘ulotlar olib borishi, ularning uslubiga qayta ko‘nikishi lozim bo‘ladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1043 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930