• Sochidagi Boyvachcha - O'zbek Tilida
  • Qora Nilufar - O'zbek Tilida
  • Osvensim Chempioni - O'zbek Tilida
  • G'aroyib Olamdagi Sarguzashtlar - O'zbek Tilida
  • Bolqon Chegarachilari - O'zbek Tilida
  • Jon Uik 4 - O'zbek Tilida
  • Nyurenberg - O'zbek Tilida
  • Ona - O'zbek Tilida
  • Asteriks va Obelkis Xitoydagi Sarguzashtlar - O'zbek Tilida
  • Qotillar Klubi - O'zbek Tilida
  • Xaker Izidan - O'zbek Tilida
  • Shoqol - O'zbek Tilida
  • Maxluqlar Uyasi - O'zbek Tilida
  • Zarbalar - O'zbek Tilida
  • Josus Qiz - O'zbek Tilida
  • Momoqaldiroq - O'zbek Tilida
  • Maniladagi To'qnashuv - O'zbek Tilida
  • Razil - O'zbek Tilida
  • Kelajakdan Xotiralar - O'zbek Tilida
  • Qonli Sport 2 - O'zbek Tilida
Клип премьера
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 693
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

Shahrizoda
Baxrom2002
Nozim566
Zoirjon96
Abdulhay
Jannat
obidov11
obidov77
Ahmadbek
Islom3883
Главная » 2023 » Aprel » 5 » Olimlar Ryugu asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, qanday oqibatga olib kelishini aytdi
23:21
Olimlar Ryugu asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, qanday oqibatga olib kelishini aytdi

Olimlar bir necha yil avval Yaponiyaning "Hayabusa-2” kosmik kemasi tomonidan Yerga olib kelingan Ryugu asteroidining tosh namunalarini o‘rganishda davom etmoqda. Yangi tadqiqot natijalari 900 metr o‘lchamdagi kosmik obyektning Yer bilan ehtimoliy to‘qnashuvi natijasini bashorat qilish imkonini berdi. Bu haqda Space xabar berdi.

Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) xodimi Satoshi Tanakaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ryugu asteroidi sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Ammo bunday tadqiqotlar Yer bilan to'qnashgan asteroidlarning oqibatlarini baholash va sayyorani himoya qilish rejalarini tayyorlash uchun muhimdir.

2018-yilda Yaponiyaning "Hayabusa-2” kosmik kemasi 42 oylik sayohatdan so‘ng kengligi taxminan 900 metr bo‘lgan Ryugu asteroidiga yetib borgan. Buning uchun qurilma 300 million km masofani bosib o‘tishi kerak edi. 

Olimlar Ryugu asteroidi tortishish kuchi bilan bog‘langan toshlar uyumidir, degan xulosaga keldi, ammo bu toshlar juda mo‘rt hisoblanadi.

Bu shuni anglatadiki, agar asteroid Yer tomon yaqinlashsa, uning parvoz yo‘lini o‘zgartirish uchun juda ehtiyot bo‘lish kerak. Hozircha olimlar Ryugu asteroidini Yer uchun juda xavfli deb hisoblamaydi, chunki u sayyoramizga 100 ming km dan ortiqroqqa yaqinlashmaydi. Ammo uning kattaligi va Yerdan uzoqligi hisobga olinsa, kosmik obyekt hanuzgacha potensial xavfli deb tasniflanadi.

Tanakaning so‘zlariga ko‘ra, agar Ryugu Yer bilan to‘qnashsa va sayyora atmosferasiga 45 graduslik burchak ostida 17 km/s tezlikda kirsa, u holda sayyora yuzasidan 35-40 km balandlikda parchalanib ketadi.

"Asteroidning parchalanishi ulkan portlashga olib keladi, bu 2013-yilda Rossiyaning Chelyabinsk shahri ustida 30 km balandlikdagi asteroid portlashiga o‘xshash bo‘ladi”, — deydi Tanaka.

U asteroid deyarli 50 baravar kichikroq (eni 20 metr) bo‘lgan, biroq portlashi 400-500 kiloton trotilga teng edi.

Ya’ni, portlash paytida 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi portlashidan 33 barobar ko‘p energiya ajralib chiqqan. Chelyabinskka asteroid bo‘laklari qulashi oqibatida 1500 ga yaqin odam jabrlangan.

Tanakaning fikricha, Yerga tushadigan asteroid parchalari hajmi ancha katta bo‘ladi, garchi ular qanday bo‘lishini hozircha aytish qiyin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:110 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930