• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Olimlar koronavirusning organizmdagi uzoq yillik asoratlaridan ogohlantirdi
15:19
Olimlar koronavirusning organizmdagi uzoq yillik asoratlaridan ogohlantirdi

Koronavirusning faqat nafas olish organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi dastlabki xulosalar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. AQShdagi turli tadqiqot markazlari olimlari kasallik insonning butun organizmiga ta’sir ko‘rsatishi va salbiy oqibatlar yana uzoq yil saqlanib qolinishini ma’lum qilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Kaliforniyada La Jolla institutidan bo‘lgan Erik Topol ismli kardiologning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yurakka, buyrak va jigarga ta’sir ko‘rsatadi. "Biz dastlab bu respirator kasallik bo‘lsa kerak degan fikrda edik. Hatto o‘pkalarning yallig‘lanishi — faqatgina birinchi bosqich ekanligini o‘ylab ham ko‘rmaganmiz”, — deydi u. Topolning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning salbiy oqibatlari qon ivishining yomonlashuvi, kuchli bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi bo‘lishi mumkin.

Chikagolik kardiolog Sadiya Xonning qayd etishicha, koronavirusning salbiy oqibatlari olimlar uchun syurprizga aylangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarni dastlab surunkali kasallikka ega insonlar COVID-19’ni qanday boshdan kechirish, ularning qayta oyoqqa turish jarayoni qiziqtirgan. "Ko‘pchilik charchoqdan, hansirab qolishdan shikoyat qilmoqda. Ularda bu kabi asoratlar yana qancha davom etishini aytish qiyin”, — deydi Amerika kasalliklar nazorati markazi rahbarining o‘rinbosari Jey Batler.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus inson organizmida 2—3 hafta bo‘lishiga qaramay, 10 foiz holatlarda kasallik belgilari test natijasi salbiy bo‘lganda ham kuzatilmoqda. Gap, xususan, ta’m va hid bilish hissining yo‘qolishi haqida ketmoqda.

Avvalroq olimlar PZR testlari salbiy natija ko‘rsatsa ham koronavirus oqibatida vafot etayotganlar haqida ma’lum qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:439 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь