
"Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i uzoq kutilgan o'zgirishlarni amalga oshirdi. Biznes uchun guruhlar o'rniga barcha foydalanuvchilar uchun ochiq ko'rinishdagi sahifalar paydo bo'ldi. Sahifalarga ma`lumotlarni ma`muriyat tayyorlaydi va joylashtiradi, obunachilar esa ularni muhokama qilishda qatnashishlari mumkin.Quyida sahifalarning qisqacha tarifi:Jamoat sahifasi: misol uchun ma`lum mavzulardagi yangiliklar yoki maqolalarni tez-tez chop etish uchun ayni muddaodir. Tashkilot yoki kompaniya: biznes yoki brendning o'z mijozlari bilan aloqa o'rnatishi uchun yoki notijorat tashkilotlarning internetdagi vakolathonasi uchun as qotadi. Korhona, idora, joy: turli hil muassasalarga va haritadagi joylarga to'g'ri keladi, misol uchun kafelar, bog'lar, muzeylar, stadionlarga. Bu bo'lim aynan san`atkorlar, siyosatchilar va musiqiy guruhlar uchun mo'ljallangan. Ular bu Yerda o'z muhlislari va tarafdorlari bilan muloqot qilishlari mumkin. Qiziqishlar bo'yicha guruhlar o'zgarmadi. Bu Yerda avvalgiday guruhni yopish yoki barcha foydalanuvchilar uchun ko'rinadigan qilib chop etish mumkin.Guruh ma`muriyatiga o'tishga yordam berish uchun "Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i mavjud guruhlarni ularning sozlanmasiga ko'ra ajratib qo'ygan. Agar guruh ma`muriyati ijtimoiy tarmoq tanlovi to'g'ri emas deb hisoblasa, ularning o'zlari sozlanmalarni yana o'z o'rniga qaytarishlari mumkin.Agar siz ularni hali ham farqlay olmayotgan bo'lsangiz, "Odnoklassniki”ning mahsus eslatmasiga amal qiling:1. Sahifalar barcha uchun ochiq, ma`lumotlarni esa faqat ma`muriyat chop eta oladi.
2. Guruhlar uning ishtirokchilari o'zaro muloqot qilishlari uchun mo'ljallangan.Guruh turini faqat siz o'zgartira olasiz, buning uchun mahsus sozlanmalar bor. Uning turini o'zgartirganingizda mahsus habarnoma ko'rsatiladi.