• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 19 » O‘zjan Deniz 46 yoshda!
14:50
O‘zjan Deniz 46 yoshda!

O‘zjan Deniz nafaqat Turkiyada, balki ko‘plab seriallar bilan O‘zbekistonda ham taniqli aktyor sanaladi. Tomoshibanlar uni "Xonadon yoxud ishkomli uy” seriali orqali tanigan bo‘lsa, bugungi kunga kelib "Istanbullik kelin” serialidagi roli uni O‘zbekistonda yanada mashhur qilmoqda.
 
Aktyor 25 yoshli Feyza Aktan bilan turmush qurgan edi. Joriy yilning 30 aprel kuni o‘g‘illi bo‘ldi. 
Bugun, 19 may – O‘zjan Deniz tavallud topgan kun. U 46 yoshni qarshiladi. Qariyb yarim asrni yashab o‘tgan aktyor bugun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga jajji o‘g‘lini ko‘tarib turgani tasvirlangan suratni joylashtirib, o‘g‘liga atalgan so‘zlarini yozib qoldirdi. U shunday yozadi:
 
"Bugun tug‘ilgan kunim. Ko‘zlarim ko‘zlaringga tushib, vujudimni jannatiy iforlaring to‘ldirganda, og‘zimdan shukur so‘zi chiqyapti, xolos. Menga berilgan eng chiroyli tuhfasan. Yaratgan qarshingga yomon odamlarni hech chiqarmasin demayman, xatolardan, qiyinchiliklardan uzoq tutsin ham demoqchi emasman. Bularni boshingdan o‘tkazishing kerak, chunki hayotning qonuniyatlaridir bular. Kerakli qonuniyatlardir. Senga hayotni  xatolaring, boshingdan o‘tkazgan qiyinchiliklaring, yo‘lingda uchratgan yomon odamlar o‘rgatishadi. Otang sifatida duoim shuki, bularning oldida doim kuchli, chidamli va aqlli bo‘lgin. Bularni yozganimning sababi shundaki, yo‘qolmaydi, kun keladi, katta bo‘lasan, bularni o‘qiysan. Shuni unutmaki, har qanday holatda ham men sen bilan birga bo‘laman. Kuchim yetganicha, aqlim yetganicha, so‘nggi nafasimga qadar senga ham jismonan, ham ruhan yo‘ldosh bo‘laman. Senga "qarorim noto‘g‘ri” deb o‘ylagan chog‘laringda, to‘g‘ri va noto‘g‘rining nuqtai nazarga ko‘ra o‘zgarishini, har qanday holatda ham yechim mavjud ekanini, aqlingni doimo ishlatishing kerakligini, har holatga boshqa nuqtalardan ham boqib, undan keyin qaror berishing kerakligini, haqiqiy do‘stlikni qadrlashingni, chin muhabbatni uchratganingda, boshqalarning so‘ziga quloq osmasdan, sevging dengizida yashashing kerakligini, sening hayotga bo‘lgan qiziqishingni so‘ndiradigan insonlardan, kim bo‘lishidan qat'i nazar uzoq bo‘lishing kerakligini, egalik qilmoq bilan qullik, bog‘lanib qolish bilan qaramlik o‘rtasidagi farqning nima ekanligini, ayollarga nisbatan doimo hurmatda va yaxshi fikrli bo‘lishing kerakligini, birovlarni behuda ayblamasliging va bid'atchi bo‘lmasliging kerakligini, eng qiyin kunlarda ham o‘g‘irlik qilmay yashashing va halol pul topib kun ko‘rishing kerakligini, doim hayollaringni ro‘yobga chiqarish yo‘lida kurashishdan hech qo‘rqmasliging kerakligini, shon-shuhrat va moddiyatga qul bo‘lib qolmasliging kerakligini, xasis bo‘lmasliging, lekin seni kambag‘allashtirib qo‘yadigan darajada qo‘li ochiq ham bo‘lmasliging kerakligini, yo‘qliqda o‘rgansa bo‘ladigan ko‘p narsaning bor ekanini, kuch ishlatish zaif insonlarning ishi ekanini, lekin senga nisbatan kuch ishlatishsa, javobini berishsa doim tayyor turishing kerakligini, hayvonot olamini va tabiatni sevishing kerakligini, san'atni va ilmni qadrlashingni, yana bu kabi ko‘plab hayotiy tajribalarimni senga umrim yetganicha o‘rgatishga harakat qilaman. Yagona duoim shundan iborat. Seni juda yaxshi ko‘raman. Tug‘ilgan kunimiz qutlug‘ bo‘lsin”.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1372 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь