• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » O‘zingdan chiqqan baloga: Rossiyalik olim Putindan ovozini o‘chirishni so‘radi
22:09
O‘zingdan chiqqan baloga: Rossiyalik olim Putindan ovozini o‘chirishni so‘radi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan davlatlar uni tark etayotganda rus xalqining "sovg‘alari” bilan ketgani haqidagi iddaosi keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

RF Prezidenti "Rossiya. Kreml. Putin” hujjatli filmi uchun bergan intervyusida SSSR tarkibida bo‘lgan davlatlarning yerlari aslida Rossiyaga tegishli bo‘lganiga shama qilgan. 

Putinning ushbu iddaosiga Rossiyalik taniqli olim, tarix fanlari doktori Sergey Abashin keskin e’tiroz bildirdi. U "azaliy yer” tushunchasi bo‘lmasligini va hududlar xalqlar o‘rtasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turishini ta’kidladi.

"Kimdir unga (Prezident Putin nazarda tutilmoqda – tahr.) "azaliy yerlar” bo‘lmasligini tushuntirganda edi. Barcha hududlarni tarixning turli davrida turfa qabila va xalqlar bir-birining o‘rnini egallash, ko‘chish va bosib olish orqali zabt etgan. U "azaliy” deb atayotgan Moskoviya, keyinroq Rus imperiyasining yerlari ham qachondir bosib olingan va mustamlakaga aylangan, mahalliy aholi esa qirib tashlangan, bo‘ysundirilgan yoki assimilyatsiyaga uchragan”, deydi Abashin.

Olim so‘zida davom etib, "rus xalqi" g‘oyasi XIX asrda paydo bo‘lganini va imperiyaning tanazzuliga olib kelganini aytgan.
"Kimdir unga Rossiya imperiyasining yerlari "rus xalqi”ga tegishli emasligini, ular XVIII asrdan beri asli kelib chiqishi nemis bo‘lgan Romanovlar oilasiga tegishli bo‘lganini tushuntirganda edi. "Rus xalqi” g‘oyasi bu XIX asrda yuzaga kelgan va imperiyaning qulash omillaridan biri bo‘lgan”, deydi olim.

Abashinning ta’kidlashicha, SSSRning parchalanishi uzoq davom etgan muzokaralar mahsuli bo‘lgan. 

"Kimdir unga imperiyaning (SSSR nazarda tutilmoqda – tahr.) milliy respublikalar va muxtor o‘lkalarga bo‘linishi "sovg‘a” emas, balki murakkab muzokaralar va o‘zaro yon berishlar, manfaatlar muvozanatini tiklash yo‘lidagi izlanishlar mahsulini ekanini tushuntirganda edi. O‘shanda "ruscha” fikrlashdan yiroq bo‘lgan markaz mahalliy aholi kayfiyati bilan hisoblashishga majbur bo‘lgan va buning evaziga muayyan bonuslarni qo‘lga kiritgan edi”, deydi Abashin.

Vanihoyat, tarixchi RF Rossiya imperiyasi yerlariga hech qanday shaklda da’vo qilolmasligini aytgan va Putinni esa tarixni sharmanda qilishda ayblagan.

"Kimdir unga hozirgi Rossiya Federatsiyasi Rossiya Imperiyasining yerlariga tarixiy yoki yuridik huquqqa ega emasligini tushuntirganda edi. Bu o‘zga g‘oya, o‘zga siyosiy tizim va o‘zga qonuniylikka ega boshqa davlat. U tarix, mamlakat va madaniyatni sharmanda qilish va zo‘rlashni to‘xtatishi uchun ovozini o‘chirganda edi”, deya nadomad bilan fikrlarini bildirgan olim.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Peskov Putinning aytganlariga izoh berib, Rossiya qo‘shnilariga hudud da’vosi bilan chiqish niyatda emasligini bildirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:506 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь