• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 16
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Sentyabr » 26 » O‘zimni kechasi kerak bo‘lib qoladigan jonsiz qo‘g‘irchoqdek sezayapman
17:20
O‘zimni kechasi kerak bo‘lib qoladigan jonsiz qo‘g‘irchoqdek sezayapman

ahririyatimizga tashrif buyurib, xoliroq joyda gaplashib, shu paytgacha hech kimga aytolmay kelayotgan hasratlari haqida sirlashish niyati borligini bildirgan ayolning hikoyasini o‘zgacharoq tarzda hukmingizga havola etish fikrini berdi. Chunki uni qiynayotgan, o‘ylantirayotgan muammolar hayotda ko‘p uchraydi. Tanishib ko‘ring, balki bu hasratlar sizga ham tanishdir…

 «…Dardimni hech kimga aytolmayman. Kimgadir aytsam ham meni noto‘g‘ri tushunishlaridan qo‘rqaman. Uyalaman ham… Lekin shunday davom etaversa, kun kelib oilam buzilib ketishi hech gap emas. Chunki hamma narsaning ham chegarasi bor. Men boshqa chidolmayman…

Gap shundaki, erim bilan sevishib turmush qurganmiz. To‘ydan oldin u meni yeru ko‘kka ishonmasdi. O‘g‘lim tug‘ilguncha ham hammasi yaxshi edi. Keyin erim o‘zgara boshladi. Bo‘lar-bo‘lmasga baqiradigan, hech bir ishimdan ko‘ngli to‘lmaydigan bo‘ldi. Qizim tug‘ilgandan keyin esa avvalgi mehribon erimdan asar ham qolmadi. Bo‘lar-bo‘lmasga do‘pposlab qolishiga ham ko‘nikib qolgandim. Lekin hammaning oldida izzat-nafsimga tegadigan gaplar bilan haqoratlashi alam qiladi. Bunisi ham mayli, eng alam qiladigani… urib-urib, hovuridan tushgach, o‘sha zahoti yotoqxonaga sudraydi. Kaltaklaridan so‘ng yig‘layapmanmi, biror joyim og‘riyaptimi, yoki oy kunlarimmi, bular uni qiziqtirmaydi. Axir men ham insonman! Ayolman! Mening ham sevib-sevilgim keladi, bolalarimning otasi — jufti halolimdan shirin so‘zlar eshitishni, menga e'tiborli, mehribon bo‘lishini xohlayman! Hozir-chi? Bir uyda yashasak-da, begonalardekmiz. O‘zimni ahyon-ahyonda kechasi kerak bo‘lib qoladigan jonsiz qo‘g‘irchoqdek sezayapman. Bu mavzuda onam bilan gaplasholmasam. Bolalarimning kelajagi uchungina chidab kelayapman. Menga maslahat bering, qanday yo‘l tutay? Oilamni saqlab qolib, tinch-totuv yashashning imkonini topa olamanmi?..»

 «Bitim» tuzing!

Kamola QARSHIYEVA, ruhshunos: — Xohlaymizmi-yo‘qmi, ko‘p gap yotoqxonadagi muammolarga ham borib taqaladi. Bu o‘rinda muammo ayolning loqaydligi yoki erkakning qanoatsizligidan kelib chiqayapti. Ehtimol ayol mehri, e'tiborini farzandlaridan orttirib, eriga ko‘rsatolmayotgandir. Yoki oddiy muomala jarayonining ham bunga ta'siri bor. Masalan, er ishdan qaytganda ayoli peshvoz chiqib kutib olmasa, shirin so‘zlar, mazali taomlar bilan siylamasa, erkak uchun bu katta e'tiborsizlik. U o‘zini keraksizdek his qiladi. Bora-bora bu his murakkablashib, nevroz holatini keltirib chiqarishi mumkin. Demak, erkakni ayolning o‘zi shu holatga olib kelgan. Natijada er buning uchun ayolini «ayblab», «qasd olish» uchun uni do‘pposlash, yotoqxonada «alamini olish» yo‘liga o‘tadi. Bunda nafaqat ruhshunosning, balki seksopatologning ham maslaxati zarur.

Nima qilish kerak? Juftingiz bilan ruhiy osoyishtalik muhitida bafurja gaplashib oling. E'tiborsiz bo‘lganingizni «tan oling». Barcha oilaviy, ruhiy muammolarni hamfikrlikda hal qilishga kelishib oling. «Bitim» muvaffaqiyatli yakun topgach, juftingiz uchun vafodor, e'tiborli, shirinso‘z, go‘zal, ozoda yorga aylanishga urining. Erkaklar maqtovlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun uni tez-tez maqtab turing. Lekin me'yorni unutmang. Oltin o‘rtalikni ushlay olsangiz, marra sizniki!

Hammasi o‘z qo‘lingizda!

L.Ahrorova, seksopatolog: — Bu keng tarqalgan, lekin yashirin muammo. Bizda bu borada gapirishni uyat bilishadi, oilasi jar yoqasida turgan bo‘lsa ham andisha qilishadi. Ammo unutmaslik kerakki, oila mustahkamligi, er-xotinning o‘zaro munosabatlarida, oilaviy muhitning ijobiy tusda bo‘lishi ko‘p jihatdan jinsiy hayotga ham bog‘liq. Chunki yotoqxonadagi muammolar oilaviy muhitning salbiy tomonga o‘zgarishiga, munosabatlarning ziddiyatli holga kelishiga ham sabab bo‘ladi. Ushbu vaziyatda farzandli bo‘lgandan keyin erning o‘zgarib qolishiga bir qancha omillar ta'sir etgan bo‘lishi mumkin. Masalan, bunda birinchi sabab tug‘ruq bilan bog‘liq. Ma'lumki, tug‘ruqdan so‘ng ayol jinsiy yo‘llari ilgarigidek bo‘lmayd. Bu esa erkakka qoniqish hissini bermasligi mumkin. Ahvol shu tarzda davom etaversa, munosabatlar soviy boradi. Bunday vaziyatda ayol tug‘ruqdan keyin mutaxassislar Bilan maslahatlashgan holda jinsiy yo‘llar mushaklarini taranglashtirish, toraytirish uchun maxsus mashqlar bajarib turishi lozim.

Ikkinchi sabab erkakka e'tibor yetishmayotganligida. Odatda aksariyat ayollar tug‘uruqdan so‘ng farzandining parvarishiga boshi bilan sho‘ng‘ib ketib, erini deyarli unutib qo‘yishadi. Bu e'tiborsizlik esa erkakka yoqmaydi. «Endi unga kerak emasman» degan o‘y tufayli erkakning o‘ziga bo‘lgan ishonchi susayib boradi. Erkakning o‘ziga nisbatan ishonchi yo‘qolganda esa, u o‘zini g‘ururi toptalgandek sezib, alamini kimdan olishni bilmay qoladi. Natijada oilada kelishmovchiliklar bosh ko‘taradi. Shuning uchun farzandingiz siz uchun qanchalar aziz bo‘lsa ham turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan e'tiborsiz bo‘lmang.

Uchinchi sabab ayolning gigiyena qoidalariga rioya etmasligi. Jinsiy hayot o‘ta nozik. Unga zarradekkina ko‘ngilsizlik yoki bir og‘iz so‘z ham, taralmagan sochlar yoki yarashmagan kiyim ham ta'sir etadi. Shu bois hamisha juftingizga chiroyli ko‘rinishga, sizdan yoqimli ifor taralib turishiga harakat qiling.

To‘rtinchi sabab muomalada. Odatda erkaklar ko‘p gapirgan yoki ovozini balandlataveradigan ayollarni xushlashmaydi. Eringizdan shirin so‘zlaringizni ayamang. Unga vaziyatni yotig‘i bilan tushuntiring. YOqimli gaplar bilan juftingizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga harakat qiling. Oy kunlaridagi yaqinlikning sog‘likka qanchalik zararligini bosiqlik bilan tushuntiring. Chunki bu davrdagi yaqinlik ko‘pgina kasalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, infeksiyalar oson yuqadi, endometrioz va shamollash xastaliklari avj oladi.

Xullas, bu kabi muammolarning yechimi ko‘p jihatdan ayolning o‘ziga bog‘liq. Eng asosiysi, erning ko‘ngliga yo‘l topa bilishda. «Bo‘lar-bo‘lmasga baqiradigan, do‘pposlaydigan odat chiqargan»i sababini topish uchun o‘zingizdan ayb izlab ko‘ring. Xolislik bilan qayerda xato qilganingizni topa olsangiz, muammoni ortda qoldirishning ham ilojini topasiz. Eng muhimi yuqorida keltirilgan sabab va yechimlarga karab harakat qiling. Juftingiz uchun hamisha go‘zal, sirli, qiziqarli bo‘lishga, munosabatlaringizga rang-baranglik kiritishga intiling.

Dinimizda nima deyiladi?

Erkak uchun jufti haloli omonatdir. Bu omonatni yaxshi saqlashi, ular bilan yaxshi hayot kechirishi, unga qo‘l ko‘tarmasligi, xo‘rlamasligi kerak. Hazrati Payg‘ambarimiz s.a.v.: «Xotinlar haqiga tajovuz qilishdan saqlaningiz. Ular har narsada yordamchidirlar. Ularni Alloh amri bilan olgansiz. Janobi haq ularni sizga halol qilgandir», deganlar. Erkak kishi ayolini har doim sevishi va ardoqlashi lozim. Agar oilada eru xotin o‘z vazifalarini bajarishga o‘rgansa, turmushlari xotirjamlikda va o‘zaro ahillikda kechadi. Oyat va hadislarda ayollarga yaxshi muomalada bo‘lish haqida ko‘p marotaba ta'kidlangan. Hazrat Rasululloh s.a.v.: «Mo‘min kishi mo‘mina ayoldan nolimasin, agar uning bir xulqidan norozi bo‘lsa, ikkinchi xulqidan rozi bo‘ladi», deganlar. Ayol kishi faqat xotinlik vazifasini bajargani uchun emas, balki turmushda hamroh-do‘st, jufti halol, bolalarining mehribon onasi sifatida ham e'zozlanishi kerak. Er-xotin bir-biriga muhtojdir. Alloh taolo Baqara surasining 187-oyatida shunday marhamat qiladi: «...ular sizlarning libosingiz, sizlar ular uchun libossiz».

Ayollarning oy kunlarida yaqinlik qilish eng katta gunohlardandir. Bu Islomda harom va eng asosiysi, erkakning ham, ayolning  ham sog‘lig‘iga zarardir. Mabodo hayzning boshlang‘ich kunlarida yaqinlik qilingan bo‘lsa, bir oltin, oxirida sodir bo‘lgan bo‘lsa, yarim oltin miqdorda sadaqa beriladi… Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: «...to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz» (Baqara, 222).

Xulosa o‘rnida Rasululloh (s.a.v) dan yana bir hadisni keltirib o‘tamiz:

«Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahlu ayoliga yaxshi munosabatda bo‘lganlaringizdir. Men sizlardan ko‘ra ham o‘z ahlu ayolimga yaxshiman. Xotinlarni faqat yaxshi odamlargina izzat-ikrom qilur, ahlu-ayollarni faqat yomon odamlargina xoru zor qilur».

Aziz muxlislar! Sizni qanday muammolar qiynayapti? Hyech kimga aytolmay yurgan dardlaringiz bo‘lsa, keling, sirlashamiz va ularga birgalikda yechim topishga urinib ko‘ramiz. Istagingizga qarab, shaxsingizni oshkor etmaymiz. Maktub yo‘llang yoki qo‘ng‘iroq qiling. Biz sizga yordam berishga harakat qilamiz.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2699 | Добавил: Admin | Теги: O‘zimni kechasi kerak bo‘lib qoladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь