• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 23 » “O‘zbekneftgaz” AJning avtobenzin mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha rasmiy bayonoti
20:57
“O‘zbekneftgaz” AJning avtobenzin mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha rasmiy bayonoti

"O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha 2021-yilning 9 oyligida 1 million 110,1 ming tonna suyuq uglevodorodlar qazib chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 1 million 148,1 ming tonna qazib chiqarildi yoki prognozga nisbatan 103,4 foizni tashkil etdi (o‘sish sur’ati 100,6 foiz).

Mos ravishda jamiyat tasarrufidagi neftni qayta ishlash zavodlarida joriy yilning 9 oyligida 992,3 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlanishi belgilangan bo‘lsa, amalda 1 million 223,8 ming tonna qayta ishlandi yoki prognozga nisbatan 123,3 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 9 oyligida 815,5 ming tonna mahalliy (rejaga nisbatan 120,6 foiz), 312,9 ming tonna import xomashyosi (rejaga nisbatan 115,5 foiz) qayta ishlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 9 oyligida 562,4 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 654,9 ming tonna ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 116,4 foizni tashkil etdi (o‘sish sur’ati 105,6 foiz).

Ma’lumot uchun

Joriy yilning 9 oyligida 524,6 ming tonna Ai-80 rusumli, 81,1 ming tonna Ai-91 rusumli, 43,9 ming tonna Ai-92 rusumli, 5,0 ming tonna Ai-95 rusumli, 0,3 ming tonna Ai-98 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi.

Respublikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga (2017-yil 14-noyabrdagi 913-sonli, 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli, 2020-yil 4-apreldagi PQ 4664-sonli) asosan iqtisodiyotni liberallashtirish va ma’muriy tartibga solishni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar bozorlarida samarali raqobat muhitini yaratish hamda narxlarni bozor tamoyillari asosida shakllantirishga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha qabul qilingan choralar natijasida avtomobil benzini chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va uni neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilandi. Jumladan:

2017-yil 15-noyabrdan boshlab Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali;
2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali;
2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali;
avtobenzin narxlarini hukumat qarorlari bilan belgilash amaliyotidan voz kechildi, sog‘lom raqobat muhiti shakllandi va iste’molchilarga sifatli mahsulotlar yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi;
respublikada Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan tashqari birja savdolarida 10 dan ortiq sotuvchilar avtobenzin mahsulotini taklif etmoqda;
hozirda respublikada faoliyat yuritayotgan 2 600 dan ortiq avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida (AYoQSh) mahalliy neft mahsulotlari bilan bir qatorda import avtobenzin mahsulotlari ichki bozorda realizatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, jahondagi yetakchi neft va gaz kompaniyalari kabi "O‘zbekneftgaz” AJ nafaqat uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish va qayta ishlash bilan chegaralanmasdan, balki ishlab chiqarilgan tayyor neft mahsulotlarini, jumladan, avtobenzin mahsulotini tasarrufdagi "UNG Petro” MChJga tegishli 65 dan ortiq AYoQShlar orqali o‘rnatilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilmoqda.

Aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida, "O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobenzinning asosiy qismi, ya’ni 80,1 foizi Ai-80 markali avtobenzin hisoblanadi.

Jahonda neft kotirovkasi yil boshiga nisbatan 1,7 barobarga oshishiga qaramasdan, "O‘zbekneftgaz” AJ Ai-80 avtobenzin narxining ichki bozorga katta hajmda realizatsiya (intervensiya) qilinishi hisobiga bir maromda ushlab turishga erishilmoqda.

Ma’lumot uchun

Brent markali neftning jahon birjalaridagi kotirovka narxi 1 barreli uchun 83—85 AQSh dollarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 1,7 barobarga oshgan bo‘lsa, tasarrufdagi AYoQShlarda 1 litr asosiy ishlab chiqariladigan Ai-80 avtobenzini 5 900 so‘m chakana narxda (Toshkent shahri) sotilmoqda yoki yil boshiga nisbatan 1,15 barobarga oshdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘tish kerak, ishlab chiqarilayotgan Ai-91, Ai-92, Ai-95 markali avtobenzinlarning asosiy hajmi import xomashyosidan ishlab chiqariladi yoki tayyor holda bozor konyunkturasidan kelib chiqib, jahon kotirovkalariga bog‘langan holda import qilinadi. Shuning uchun, mazkur turdagi avtobenzin narxlari nisbatan yuqoriroq.

"O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati
Категория: Har-Hil | Просмотров:377 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031