• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 11 » O‘zbekistonning chet elda joylashgan davlat aktivlarini boshqarish tartibi muhokamaga qo‘yildi
13:13
O‘zbekistonning chet elda joylashgan davlat aktivlarini boshqarish tartibi muhokamaga qo‘yildi

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining "Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasida davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekistonning chet elda joylashgan davlat aktivlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonning chet elda joylashgan davlat aktivlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, O‘zbekiston davlat korxonalari va muassasalari O‘zbekistonning qonunlarida belgilangan tartibda chet elda mulk egasi bo‘lish huquqiga ega.

Davlat korxonalari va muassasalari chet elda joylashgan davlat aktivlariga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan taqdirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadigan shakldagi ma’lumotlarni 10 kun ichida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdim etishlari shart.

Agentlik chet elda joylashgan davlat aktivlarining saqlanishi yuzasidan monitoring olib borish va samarali boshqarilishini ta’minlash maqsadida, elektron dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ularning reyestrini yuritadi.

Agentlik davlat aktivlarining balans saqlovchisi bilan elektron ma’lumot almashish, shuningdek, vakolatli davlat organlari elektron tizimlari bilan integratsiyalashuv bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish orqali reyestrni tezkor va doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi.

Chet elda joylashgan davlat aktivlari reyestriga davlat aktivlari joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilib belgilangan taqdirda mulk huquqi vujudga kelgan davlat aktivlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritiladi.

Chet elda joylashgan madaniy meros obyektlarini hisobini yuritish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Chet elda joylashgan davlat aktivlarini tasarruf etish, shu jumladan, sotish to‘g‘risidagi qarorlar Prezident tomonidan qabul qilinadi.

Chet elda joylashgan davlat aktivini sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu jarayon ushbu mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan holatda, shunday turdagi bitimlarni amalga oshirishning xalqaro amaliyotiga muvofiq amalga oshiriladi.

Chet elda joylashgan davlat aktivlarni sotishda, ularni sotish bilan bog‘liq barcha tadbirlar professional tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Xizmatlar, shu jumladan sotilayotgan davlat aktivini baholash jarayonlari O‘zbekiston mulki joylashgan davlatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan taqdirda, xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Agentlik chet elda joylashgan davlat aktivlarini sotish uchun jalb qilinadigan baholovchilar, investitsiya vositachilari, maslahatchilar va boshqa, shu jumladan xorijiy professional tashkilotlar xizmatlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish yo‘li bilan foydalanilishi mumkin.

Chet elda joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash (davlat aktivlarini baholash va sotish bilan bog‘liq xarajatlar uchun belgilangan tartibda agentlik tasarrufida qoldiriladigan qismidan tashqari) quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:

a) 73 foizi — respublika budjetiga;

b) 24 foizi — agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga;

v) 3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda Savdo-sanoat palatasiga.

Chet eldagi muassasalar O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek, xorijiy davlatlarda O‘zbekistonning mulk huquqlarini har tomonlama himoya qilinishini ta’minlashi kerak.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829