• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 31 » O‘zbekistonning 22 bankida 500 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi
13:02
O‘zbekistonning 22 bankida 500 dan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Markaziy bankning iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati mart—aprel oylarida barcha viloyatlarda 24 ta bankning 196 ta muassasasida bank xizmatlari qonunchilikka muvofiq ko‘rsatilishiga doir nazorat tadbirlari o‘tkazdi.

Nazorat tadbirlarida banklar tomonidan iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarda 500 dan ortiq qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. 

Bular asosan:

kredit va omonat turlari to‘liq oshkor qilinmagan va ularning shartlari yuzasidan batafsil axborotlar, shuningdek, kredit va muddatli omonatlarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqalari taqdim etilmagani;
bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish va bank kartalaridagi mablag‘larni naqdlashtirib berish rad etilgani hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishda bank kartasini taqdim etuvchiga kartaning "PIN-kod”ini mustaqil terishga imkon yaratib berilmagan holatlarni tashkil etadi.
Nazorat tadbirlarida aniqlangan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 22 ta bank: 

"Xalq banki”; 
"Agrobank”; 
"Mikrokreditbank”; 
"Qishloq qurilish bank”; 
"Turonbank”; 
"Ipotekabank”; 
"Savdogarbank”; 
Trast bank; 
"Kapitalbank”; 
"Milliy bank”; 
"Aloqabank”; 
"O‘zsanoatqurilishbank”; 
"Oriyent Finans bank”; 
"Hamkorbank”; 
"Asaka bank”; 
"Universalbank”; 
"Infinbank”; 
"Tenge bank”; 
"Anorbank”; 
Davrbank; 
"Madad Invest bank”;
"Ravnaq bank bank”. 
Ushbu banklar xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish hamda bunday holatlar kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborildi.

Shuningdek, qoidabuzarliklar yo‘l qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan 195 nafar bank xodimiga nisbatan qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralari ko‘rilgan. 

Shundan 145 nafar bank xodimiga nisbatan xayfsan, 48 nafar xodimiga nisbatan oylik ish haqidan jarima va 2 nafar xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari qo‘llanilgan.

Murojaatlar o‘rganilganda, banklar va iste’molchilar o‘rtasida nizolar kelib chiqishiga kreditlar to‘g‘risidagi dastlabki axborotlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilmasligi ham sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. 

Misol uchun:

kredit qarzdorligi belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda, muddati o‘tgan kreditga nisbatan yuqori (oshirilgan) foiz stavkada foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilgani va natijada qarz oluvchining qarz miqdori oshib ketishi;
qarz oluvchilar tomonidan kreditlar o‘z vaqtida so‘ndirilmaganda, ushbu kredit bo‘yicha to‘lovlar kafil bo‘lgan shaxslarning hisobvaraqlaridan yechib olinayotgani kabi holatlar.
Avvalroq Markaziy bank kreditlar to‘g‘risida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga munosabat bildirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:344 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031