• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Yanvar » 28 » O‘zbekistondagi ilk ekoshaharning tamal toshi qo‘yildi
15:41
O‘zbekistondagi ilk ekoshaharning tamal toshi qo‘yildi

Farg‘onada "Yangi O‘zbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi, O‘zbekistondagi ilk ekoshaharning tamal toshi qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur ekoshahar Farg‘ona shahri, Farg‘ona va Yozyovon tumanida qurilishi nazarda tutilgan. Ayni vaqtda viloyat markazida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharchani bunyod etish ishlari boshlandi. Hozirda ekoshahardagi "Yangi O‘zbekiston” bog‘ining qariyb 40 gektar maydoniga manzarali daraxtlar ekilgan.

Yangi massiv qurilishining boshlanishi marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, noyob loyiha doirasidagi bunyodkorlik ishlari aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

"Bugun Farg‘ona viloyati hayotida tarixiy kun. Katta maqsadlar va yuksak marralarni ko‘zlagan holda ko‘p qavatli uylar qurilishiga kirishilmoqda. Birinchi bosqichda 80 ta ko‘p qavatli uylarni bunyod etishni rejalashtiryapmiz. Ikki yilda ekoshaharning qurilishini yakunlamoqchimiz. Bu yerdagi har bir ishning o‘z egasi bor.

Tasavvur qiling, ikki yilda mana shu 300 gektarlik dasht maydon o‘rnida ko‘p qavatli uy-joylar, ‘Yangi O‘zbekiston’ bog‘i, maktab, poliklinika, qo‘yingki, barcha infratuzilmaga ega shaharcha paydo bo‘ladi. Qolaversa, loyiha oddiy emas. Prezidentimizning topshirig‘i bilan Janubiy Koreya tajribasi asosida bu shaharchaning loyihasi ishlab chiqildi. 7, 9, 12, 25 qavatli uylarning narxini aholiga maqbul keladigan qilib belgilayapmiz. Shuningdek, bu yerda barcha infratuzilma yaratiladi”, — degan u.

Hokimlik xabariga ko‘ra, marosimda Qur’on tilovat qilinib, yaxshi niyatlar bilan duo-fotihalar qilindi. Shundan so‘ng qurilish ishlariga start berilib, dastlabki bino poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 300 gektar maydonda ekoshahar barpo etilishi haqida 2021-yilning avgustida ma’lum qilingandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:655 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31