• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Yanvar » 9 » O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari anomal sovuq kunlarida uzluksiz ishlaydi
20:25
O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari anomal sovuq kunlarida uzluksiz ishlaydi

O‘zbekistonda 10—15-yanvar kunlari anomal sovuq harorat kutilmoqda. Bunday ob-havo sharoitida tibbiyot muassasalarining barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan chora-tadbirlar ko‘rildi.

Tizimga qarashli davolash muassasalari uchun 436 ta qo‘shimcha dizel generatori xarid qilinib, joylarga yuborilmoqda. 155 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar hamda mahalla tibbiyot punktlariga 260 kVt quvvatga ega quyosh panellari, 10 300 litr hajmli quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan.

375 ta mahalla tibbiyot punkti, 50 ta oilaviy shifokor punkti va oilaviy poliklinikalar uchun 2 352 kVt quvvatga ega quyosh panellari xarid qilingan. Texnik sabablarga ko‘ra, biror tibbiyot muassasasida generator ishlamay qolsa, zudlik bilan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha viloyatlarda kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi generatorlar tashkil qilingan.

10—15-yanvar kunlari tibbiyot muassasalari qay tartibda faoliyat ko‘rsatadi?

72 000 nafardan ziyod shifokor va hamshiralardan iborat tibbiy brigadalar tomonidan, birinchi navbatda, homilador ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan xonadonlardan xabar olish, o‘z navbatida, onlayn patronaj xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Ambulator-poliklinika tizimidagi 19,5 mingdan ziyod kunduzgi shifoxona o‘rinlarida uydan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratiladi. 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti hamda 1002 ta mahalla tibbiyot punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Respublika, viloyat, tuman va shahar shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari odatdagi tartibda ishlaydi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kun-u tun xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi. Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kecha-yu kunduz javob olishingiz mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:242 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031