• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
Главная » 2018 » May » 4 » O‘zbekistonda yana bir ulug‘ allomaga atalgan majmua barpo etiladi
14:41
O‘zbekistonda yana bir ulug‘ allomaga atalgan majmua barpo etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kecha, 3 may kuni Abu Ali ibn Sino merosi majmuasini barpo etish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
 
Farmoyishiga muvofiq, Buxoro viloyatining Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida xalq tabobati markazi, ekobog‘ (qishki bog‘), hovuz, milliy choyxona, tabiiy giyohlar, dorivorlar, alloma ijodi va tabobatga oid adabiyotlar savdo shoxobchasi, kutubxona hamda zamonaviy mehmonxonani o‘z ichiga olgan Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi.
 
Mazkur Majmua mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etilgan holda 2019 yilning avgust oyiga qadar ishga tushiriladi.
 
Buxoro aeroporti va temir yo‘l vokzalidan Afshona qishlog‘iga xavfsizlikni ta'minlagan holda turistik avtobus, mikroavtobus va taksi xizmatlari tashkil etiladi.
 
Farmoyishda shuningdek, Abu Ali ibn Sino dovrug‘ini jahon miqyosida yanada keng targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam ravishda xorijiy mamlakatlar, ayniqsa buyuk olim haykali o‘rnatilgan Fransiya, Avstriya, Belgiya, Turkiya, Eron va Tojikiston davlatlari delegatsiyalarining O‘zbekistonga tashriflarini tashkil etish ham nazarda tutilmoqda.
 
Ma'lumot o‘rnida, Ibn Sino Sharq Uyg‘onish davrining eng yetuk mutafakkirlaridan biri sanaladi. Uning ijodiy faoliyati davomida yozgan asarlari, ayniqsa, tibbiyot va falsafaga oid qarashlari keyingi davr avlodlari uchun darslik vazifasini o‘tamoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ulug‘ hadisshunos Imom al-Buxoriy nomi bilan  Davlat mukofoti joriy qilingan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1173 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь