• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1366
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 53
Гостей: 53
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Mart » 26 » O‘zbekistonda poliomiyelitni nazorat qilish kuchaytirildi
14:13
O‘zbekistonda poliomiyelitni nazorat qilish kuchaytirildi

O‘zbekistonda poliomiyelit va o‘tkir shol falajining (O‘ShF) faol epidemiologik nazoratini kuchaytirish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabariga tayanib, "Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda poliomiyelit kasalligi uchramaydi, ammo uning chet davlatlardan kirib kelgan shaxslar orqali mamlakatga kirib kelish ehtimoli mavjud. Kuni kecha JSST qo‘shni Tojikistonda poliomiyelit epidemiyasi boshlangani haqida ma’lum qildi. Vaziyat ikkinchi darajali favqulodda holat deb tasniflangan. Poliomiyelit, shuningdek, Afg‘onistonda ham qayd etilmoqda.

O‘tkir shol falajni nazorat qilish bo‘yicha epidemiologik vaziyatni o‘rganish uchun Sanitariya xizmati mutaxassislari Tojikiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Surxondaryo viloyatiga bordi. Ular davlat chegarasining sanitariya nazorati punktlarida va davolash-profilaktika muassasalarida O‘ShFning  faol epidemiologik kuzatuvini kuchaytirishni tashkil etish bo‘yicha amaliy va maslahat yordami ko‘rsatdi.

Viloyatida yovvoyi poliovirusning ikkinchi turi tarqalishining oldini olish maqsadida 10—20-mart kunlari 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ommaviy emlash o‘tkazilgan.

Poliomiyelit nima?

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, poliomiyelit viruslar keltirib chaqiradigan yuqori infeksiyali kasallik. Kasallik asab tizimini shikastlaydi bir necha soatlarda umumiy falajlikka olib kelishi mumkin. Poliomiyelit bilan asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi.

Virus ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va suv orqali o‘tadi, ichakda ko‘payadi va u yerdan asab tizimiga o‘tishi mumkin. Infeksiyalangan kishilarning aksariyatida kasallik alomatlari bo‘lmaydi, lekin virus ularda axlat orqali chiqib ketadi va shu orqali u boshqa odamlarga yuqishi mumkin.

Infeksiyaga chalinishning har 200 ta holatidan birida umrbod falajlik (asosan oyoqlorda) yuzaga keladi. Isitma, toliqish, bosh og‘rig‘i, qayd qilish, oyoq-qo‘llardagi og‘riqlar, bo‘yin qotib qolishi uning dastlabki alomatlaridir.

Poliomiyelit bedavo, uni faqat emlash orqali oldini olish mumkin. Bir necha marotaba yuborilgan vaksina bolani deyarli butun umri davomida himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bolalarni poliomiyelitdan himoya qilish maqsadida 2018-yilda 4 oylik bolalarga qilinadigan inaktivlashtirilgan poliomiyelit vaksinasi (IPV) tatbiq etilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:415 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031