• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Sentyabr » 30 » O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi
19:44
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh miqdori 4 ming dollar bo‘lgan soha haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘rtacha oylik maosh miqdori — 4 ming dollar atrofida. 

Yoshlarning AKTga bo‘lgan qiziqishini oshirish mamlakat miqyosidagi vazifalarni yechishga qanday hissa qo‘shadi?

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari — bugungi kunning eng serdaromad sohalaridan biri. O‘zbekistonda ushbu sohadagi o‘rtacha oylik maosh miqdori — 4 ming dollar atrofida, dunyo bozorida esa 100-150 ming dollar atrofida baholanadi. Bu — yoshlar AKTni o‘rganishi uchun eng katta motivatsiya. O‘z navbatida, davlat ham yoshlarning ushbu zamonaviy kasbni mukammal egallashidan manfaatdor — dunyoning eng ilg‘or kashfiyot va ishlanmalari aynan axborot texnologiyalari sohasida yaratilmoqda. Shu bois sohani o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar davlat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanyapti.

Kompyuter xarid qilish uchun kafillik

"Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga isteʼmol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. 

Bu — o‘z kompyuteriga ega bo‘lish istagidagi yoshlar uchun muhim imkoniyat. Ayniqsa, hududlarda qiziquvchan, bilimli yoshlar ko‘p, iste’mol kreditlari foizi ular uchun qimmatlik qilishi yoki to‘lov qobiliyatidan shubhalangan banklar rad javobini berishi mumkin.  Shunday paytda Yoshlar ittifoqining kafilligi hamda foizlarini qoplab berishi asqotadi. Ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 165 ming nafardan ortiq yoshlar ariza topshirgan va shundan 48 ming nafar yoshlarga kompyuter xaridlari uchun 357,5 milliard so‘m iste’mol kreditlari ajratildi va ularning foiz to‘lovlari uchun 35,2 milliard so‘m yo‘naltirildi.

"Bir million dasturchi”

Bugungi kunda "Bir million dasturchi” loyihasi doirasida taʼlim olayotganlar soni 2 million 503 ming nafar (2023-yil boshidan 480 ming nafar)dan oshdi. Shuningdek, 1 million 175 ming 933 nafari bitiruvchi sertifikatini qo‘lga kirit, shundan, 646 ming 763 nafari (55%) erkaklar, 529 ming 170 nafari (45%) ayollar. 

Dasturchi bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun yana bir imkoniyat yaratilgan — 2022-2024-yillar davomida "Astrum” IT akademiyasida o‘quv kurslarida tahsil olish uchun 4 000 nafar yoshga Aloqa bank tomonidan BHMning 75 baravaridan oshmagan 3 yilgacha (6 oy imtiyozli muddati bilan) taʼlim krediti ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi.

AKT sohasining rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirilishiga katta hissa ko‘shadi. Ushbu yo‘nalishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash innovatsiyalarni ishlab chiqish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xorijiy sarmoyalarni jalb etishga xizmat qiladi. Davlat dasturchilikka qiziqqan, IT sohasini o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgani — kelajak uchun sarmoya. Bu yoshlar o‘zlariga sarflanayotgan mablag‘larni ortig‘i bilan oqlashadi. Texnologiyalarni o‘rgangan yoshlar davlat innovatsion rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:150 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Sentyabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930