• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 14 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2100 nafardan oshdi
13:11
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2100 nafardan oshdi

Toshkent shahrida 33 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 12 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 21 nafar, jami 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiya kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari poytaxtimizdan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Buxoro, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 5 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 3 nafari Tojikiston Respublikasidan, 2 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va yana 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. 

Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng keksasi 56 yosh bo‘lsa, eng kichigi 13 yoshda.

Shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 18 nafari xorijdan kelgan, jumladan, 7 nafari Tojikiston Respublikasidan, 3 nafari Qozog‘iston Respublikasidan va 1 nafari Rossiyadan, shuningdek, yana 7 nafari Dubay-Toshkent charter reysi orqali kelib, karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 6 nafar,Namangan va Samarqand viloyatlaridan 4 nafardan, Toshkent shahridan 3 nafar, Qashqadaryo viloyatidan 2 nafar, Farg‘ona va Andijon viloyatidan 1 nafar. Bemorlardan 15 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 635 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 668 nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2110 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2620 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 11 nafari vafot etgan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:533 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь