• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 291
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » May » 12 » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2000 nafardan oshib ketdi
16:44
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar 2000 nafardan oshib ketdi

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida jami 14 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 12 may kuni sog‘liqni 
saqlash vazirligi xabar berdi.

"Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida yana 2 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha,Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 1 nafari Andijon viloyatidan. 

Ulardan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Rossiyadan, yana 1 nafari 

Tojikistondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 5 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 72 yoshda bo‘lsa, eng yoshi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, 1 nafari Rossiyadan, 3 nafari Qozog‘istondan, yana bir nafari esa Dubay-Toshkent charter reysi bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, ular Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri, shuningdek, Tojikiston 

Respublikasidan 1 nafardan fuqaroni tashkil qiladi.. Ular orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 26 yoshda. Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar 628 nafar yetdi.

Shuningdek, Surxondaryoda tuzalganlarning 2 nafari ham (49 yoshli erkak Jarqo‘rg‘on tumanidan, 33 yoshli erkak Angor tumanidan) ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2010 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2519 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031