• Kod 8 - O'zbek Tilida
  • Gunesh Qizlari - 36 Qism
  • Sevgi O'zbek Serial - 16 Qism
  • Qochoq Milliy Serial - 3 Qism
  • San Andreas Zilzilasi - O'zbek Tilida
  • Jodugarlar Izidan - O'zbek Tilida
  • Gunesh Qizlari - 35 Qism
  • Sevgi O'zbek Serial - 15 Qism
  • Asrandi Turk Serial - 36 Qism
  • Shifokorlar Koreys Serial - 21 Qism
  • Yaqin Masofa - O'zbek Tilida
  • Olmaxon Multfilm - O'zbek Tilida
  • Yakuniy Hisob - O'zbek Tilida
  • Sevgi O'zbek Serial - 14 Qism
  • Gunesh Qizlari - 34 Qism
  • Asrandi Turk Serial - 35 Qism
  • Gunesh Qizlari - 32 33 Qism
  • Asrandi Turk Serial - 33 34 Qism
  • Shifokorlar Koreys Serial - 20 Qism
  • Qochoq Milliy Serial - 2 Qism
Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер Звездная жизнь
Клип премьера
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 340
Статистика


Statok.net


Сейчас онлайн: 37
Гостей: 37
Пользователи 0

Kamron55
Bexruzbek
2000071
Azatogly
Hakimjonov
Jasurbek
1989
mystarbet
iXo6
Gaygysyz
Главная » 2020 » Avgust » 2 » O‘zbekistonda ishsizlik 13,2 foizga yetdi
23:11
O‘zbekistonda ishsizlik 13,2 foizga yetdi


O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil etdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar berdi.

Joriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo‘yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan. Unda 490 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olingan.

SOVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo‘lgan. Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 944,0 ming kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz).

Mehnat resurslari soni 19 084,6 ming  kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko‘paygan bo‘lsa SOVID-19 pandemiyasiyaning iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatiga salbiy ta’siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12 736,7 ming kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi soni 5 581,2 kishini tashkil qilib, o‘tgan yil shu davrga nisbatan
0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaygan.

Bunda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olingan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 040 ming kishini tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o‘tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5 114,6 ming kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaygan.

Shu bilan birga karantin chora-tadbirlari davrida uyda o‘tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo‘lganlar soni 201,1 mingga ortgan.

Tadbirkorlik sub’ektlari va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda.

Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatgan.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa SOVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta’sirini yumashatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo‘lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga bandligiga ko‘maklashish xizmatlari ko‘rsatilgan.

Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o‘rinlariga ishga joylaytirish va haq jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta’minlandi, 15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o‘qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 10,1 mlrd. so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berilgan.

Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a’zo sifatida biriktirib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:178 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31