• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 167
Гостей: 167
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Yanvar » 19 » O‘zbekistonda ishlamaydigan fuqarolar ham pensiya olishlari mumkin bo‘ladi
14:51
O‘zbekistonda ishlamaydigan fuqarolar ham pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2021-yil davlat dasturi loyihasida pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangi tartiblar belgilanmoqda.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-iyundan boshlab pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr — 2005-yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi.

Shuningdek, uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi.

Shu bilan birga, pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Bundan tashqari, pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligini tegishli idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlash orqali to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchilar tomonidan har 6 oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish yoki joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031