• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 290
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 159
Гостей: 159
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Yanvar » 30 » O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “britancha” shtammi qayd etildi
14:47
O‘zbekistonda ilk bor koronavirusning “britancha” shtammi qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirusning "britancha” shtammi Dubaydan kelgan fuqaroda qayd etildi, deya xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Ma’lum qilinishicha, 2010-yilda tug‘ilgan poytaxtlik fuqaro Sh. oila a’zolari bilan birgalikda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga safar qilib, 2021-yilning 23-yanvar kuni Toshkentga qaytgan.

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, xalqaro aeroportda fuqarodan ekspress usulida test olinganda, unda musbat natija qayd qilingan. Shundan so‘ng, bemor zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tez yordam mashinasida olib kelingan. Shifoxonada o‘sha kunning o‘zida funksional-klinik tekshiruvlardan o‘tkazildi va unga COVID-19’ning simptomsiz kechishi tashxisi qo‘yildi.

"SARS-CoV-2 virusi genomini o‘rganish uchun Innovatsion rivojlantirish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markaziga yuqumli kasalliklar shifoxonasidan PZR usulida olingan 33 ta musbat natijali tomoq–burun namunasi "britancha” shtammni aniqlash maqsadida yuborilgandi. Ushbu namunalar PZR skriningi orqali birinchi bosqich tekshiruvidan o‘tkazilgan.

Natijada ular orasida mutatsiyaga uchragan namunalar ham aniqlangan. Kuni kecha ikkinchi test bosqichida mutatsiya aniqlangan namunalardan birining genom qismlarida "britancha” shtammga xos bo‘lgan qo‘shimcha mutatsiya mavjudligi tasdiqlangan. Bu namuna esa 10 yoshli bemor Sh. (qiz bola)ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan”, – deydi Bahodir Yusupaliyev.

Ta’kidlanishicha, hozirda bemorning umumiy holati qoniqarli, shikoyatlari yo‘q, tegishli tibbiy standartlar bo‘yicha davo muolajalarini olmoqda. Bemor bilan birga bo‘lgan oila a’zolarida manfiy natija aniqlangani sababli uy sharoitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shu vaziyatdan kelib chiqib, yana bir bor aholini xushyorlikka, jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni to‘g‘ri va doimiy tarzda taqib yurishga, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam yuvib turish kabi kundalik odatlarni kanda qilmaslikka chaqirgan.

Koronavirusning yangi shtammi
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi aniqlangani, shu tufayli mamlakatning ayrim hududlarida kasallik tarqalish sur’ati tezlashgani haqida 14-dekabr kuni mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkok ma’lum qildi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfliroq emas.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammni o‘rganmoqda.

Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi. Virusning yangi varianti hozirgi vaksinalar hosil qiladigan immunitetdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, degan taxminlar uchun hozircha biror-bir asos yo‘q. Buyuk Britaniya 8-dekabr kuni G‘arb mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi bilan ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlagan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:519 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031