"O‘zgidromet”ning xabar berishicha, respublikaning bir qator viloyatlarida 13—16-noyabr kunlari yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13 va 16-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 15-noyabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 16-noyabrda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-14-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 15-16-noyabrda kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, cho‘l hududlarda 8-11 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-16-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 14-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq, 16-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-noyabrda 3-8 daraja iliq, 14-16-noyabrda 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 13-14-noyabrda 8-13 daraja iliq, 15-noyabrda 3-8 daraja iliq, 16-noyabrda 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 13-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 14 va 16-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-noyabrda 3-8 daraja iliq, 14-16-noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-noyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi, 14-16-noyabrda 1-6 daraja iliqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 13-14-noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 15-noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, 16-noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-14-noyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15-noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi, 14-16-noyabrda kechasi 6-11 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.