• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » May » 6 » O‘zbekistonda endi jismoniy shaxslar YTT ochib, taksichilik qilishi mumkin
18:35
O‘zbekistonda endi jismoniy shaxslar YTT ochib, taksichilik qilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:

2022-yil 31-dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Asosiy talablar:

haydovchi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspluatatsiya qilinayotgan yengil avtomobil bo‘lishi;
texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida har 6 oyda kamida bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tishi;
xususiy klinikalarda yoki oilaviy poliklinikalarda oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshiriladi.

Taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun quyidagi yagona talablar joriy etilmoqda:

avtotransport vositasining tom qismiga to‘q sariq rangli fonar (plafon) o‘rnatish va unda "TAXI” tanish belgisini aks ettirish;
to‘lovni amalga oshirish hamda bosib o‘tilgan yo‘lni elektron tarzda qayd etish imkoniyatini beruvchi maxsus ilovalarga ega moslamalar (uyali telefon, planshet va boshqalar) bilan jihozlash;
avtotransport vositasining priborlar panelida avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan tablichka mavjud bo‘lishi.
Yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun quyidagi preferensiyalar nazarda tutilmoqda:

"To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtab, yo‘lovchilarni olish va tushirish huquqi saqlanib qolmoqda.
Aeroport, temiryo‘l vokzali, davlat ishtirokidagi avtovokzal, bozor va savdo komplekslarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishga ruxsat berilmoqda.
Avtobuslar uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagida harakatlanishga ruxsat berilmoqda.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvarga qadar taksi sifatida foydalaniladigan avtotransport vositalarining rangi ("fil suyagi” va sariq ranglar) hamda maxsus davlat raqamiga ("TT” seriyali) qo‘yilgan talablar to‘xtatilmoqda.

Bundan avval 2020-yil oktabr oyida jismoniy shaxslarga 1-yanvardan boshlab taksichilik qilishiga ruxsat berilishi mumkinligi haqida Prezident farmoni loyihasi e’lon qilingandi. Biroq qaror imzolangandan keyin undan bir nechta band, jumladan, jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilish uchun yo‘lovchilarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi band joy olmaganini ma’lum bo‘ldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:514 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31