• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 684
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Mart » 2 » O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9—12 ming dollar atrofida sotilishi kutilmoqda
14:42
O‘zbekistonda Chevrolet Onix 9—12 ming dollar atrofida sotilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Chevrolet Onix avtomobilini ishlab chiqarish 2022 yil oktabr—dekbar oylarida boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi.

Rustam Rajabovning ma’lum qilishicha, "jahondagi eng xaridorgir avtomobillardan bo‘lib turgan” Chevrolet Onix hozirgi kunda xalqaro bozorda 9—12 ming dollar atrofida sotilmoqda. "O‘zbekistonda ham taxminan shu narx atrofida sotuvga chiqariladi”, — dedi Rajabov.

Fevral oyida O‘zbekistonga sinov uchun Chevrolet Onix’ning bir necha namunasi olib kelingani haqida xabar berilgan edi. "Ushbu namunalar mahalliy iqlim sharoitlarda sinash va salohiyatli xaridorlarning fikrini o‘rganish maqsadida xarid qilingan”, — deyilgandi kompaniya bayonotida.

O‘zbekistonda Chevrolet Onix va yangi avlod Chevrolet Tracker avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida ilk bor 2019-yil iyunida ma’lum bo‘lgan edi. Dastlabki reja bo‘yicha, Onix’ni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi bosqichma-bosqich 60 foizga yetkazilishi, uning xorijdan olib kelinadigan ehtiyot qismlari umumiy qiymati (2019-yil iyul oyi holatiga ko‘ra) 2300 dollarni, mahalliy ehtiyot qismlarining umumiy narxi esa 4200 dollarga baholanayotgan edi.

Kompaniya 2019-yilgi bayonotida 2020-yildan Global Emerging Markets (GEM) yagona byudjet platformasida Chevrolet Onix sedani va boshqa bir qator yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qilgan edi (qayd etish joiz, Chevrolet Tracker‘ning yangi avlodi ham GEM platformasida yig‘iladi — UzAuto Motors uni 2021-yil uchinchi choragidan boshlab ishlab chiqarmoqchi).

Yangi avlod Chevrolet Onix sedanining xalqaro taqdimoti 2019-yil bahorida Xitoyda bo‘lib o‘tgan, keyinroq General Motors kompaniyasi modelning eski avlodi ancha talabgir bo‘lgan Janubiy Amerika bozori uchun mo‘ljallangan alohida variantini namoyish etgan edi. Braziliya uchun mo‘ljallangan Chevrolet Onix 2020 modeli o‘z nomida maxsus Plus qo‘shimchasini olgan. Aynan shu mintaqa uchun modelning xetchbek ko‘rinishi ham ishlab chiqilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada Chevrolet Onix Plus’ning narxi 13,6 ming dollardan boshlanadi.

2020-yil noyabr oyida Shveysariyaning Credit Suisse banki UzAuto Motors’ga 150 million yevrogacha bo‘lgan miqdorda kredit ajratishi ma’lum bo‘lgan edi; kompaniya ushbu kredit mablag‘larini investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, xususan, General Motors’ning GEM bazasidagi yangi modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yo‘naltirishi ko‘zda tutilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:597 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031