• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 10 » O‘zbekistonda bolalarni 2 yoshdan bog‘chaga qabul qilishga ruxsat berildi
09:05
O‘zbekistonda bolalarni 2 yoshdan bog‘chaga qabul qilishga ruxsat berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda endilikda bolalar 2 yoshdan bog‘chaga qabul qilinishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ushbu xabarlar yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 17 "b” bandiga ko‘ra, to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi.

"Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rsatilishi rejalashtirilayotgan qo‘shimcha xizmatlar turlari hamda ular uchun belgilanadigan to‘lovlar miqdori maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlarning narxlar preyskuranti tegishli maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘linmasi bilan kelishilgan holda maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori tomonidan tasdiqlanadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Maktabgacha ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Xidirboyev hozirgi vaqtda asosiy vazifalardan biri bog‘chalarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olishdan iborat ekanini ma’lum qilgandi.

"Bu vazifani to‘liq amalga oshirgach, ya’ni 80 foizga yetkazgandan keyin (hozir 71 foiz) 2 yoshlilar masalasi ham ko‘rib chiqiladi. Xorijlik ekspertlar tahlillariga ko‘ra, bola 3 yoshgacha onasi bilan bo‘lishi uning ruhiy rivojlanishiga juda yaxshi ta’sir qiladi. Rivojlangan davlatlarda ham bolalar 3 yoshdan bog‘chaga qabul qilinadi”, — degandi u.
Категория: Har-Hil | Просмотров:281 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031