• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 166
Гостей: 166
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2023 » Aprel » 17 » O‘zbekistonda baliqchilik loyihalari uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi
23:37
O‘zbekistonda baliqchilik loyihalari uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev 17-aprel kuni oziq-ovqat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

2022-yilda chorvachilikda 1 ming 400 ta loyiha amalga oshirilib, qoramollar soni 14 million, qo‘y-echkilar soni 24 million boshga yetgan. Parrandachilik xo‘jaliklari soni 1 ming 300 tani tashkil etib, tuxum yetishtirish 4 foiz, go‘shtda 28 foiz oshgan. Baliqchilik yo‘nalishida 290 ta loyiha amalga oshirilib, 502 ming tonna tansiq go‘sht yetishtirilgan. 27 ming tonna asal yetishtirildi.

Shu bilan birga, bu tarmoqlarda ozuqa va yer yetishmasligi, aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq bir qancha muammolar bor. Shu bois soha vakillarining fikrlari o‘rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Yig‘ilishda mutasaddilar mazkur tarmoqlarda joriy yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar haqida axborot berdi.

Xususan, Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan hududlarda sut yig‘ish markazlari tashkil etiladi. Ularga kamida 100 ta aholi xonadoni biriktirilib, kooperativ tizim yo‘lga qo‘yiladi. Klasterlar tomonidan 64 ta chorvachilik kompleksi barpo etiladi. Jahon bankining mablag‘lari jalb qilinib, chorva mollarini identifikatsiya qilish tadbirlari boshlanadi.

Parrandachilik xo‘jaliklariga ozuqa va aylanma mablag‘lar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 35 million dollar yo‘naltiriladi. Mazkur kreditlar samaradorligini "Parrandasanoat” uyushmasi kuzatib boradi. Naslli jo‘jalar importini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya miqdori oshiriladi. Bularning natijasida parranda go‘shti yetishtirish hajmini yiliga 800 ming tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Baliqchilik uchun ham bir qator qo‘shimcha imkoniyatlar belgilanmoqda. Xususan, bundan buyon tabiiy suv havzalarini ijaraga berish onlayn auksion orqali bo‘ladi. Tarmoqda 241 ta, jumladan, krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi amalga oshiriladi. "Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida baliqchilik loyihalari uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar ajratiladi. Bularning evaziga joriy yilda 850 ming tonna baliq yetishtirish mumkinligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tabiiy ko‘llar va daryolarda baliq ovlash bilan cheklanib qolmasdan, ularning bo‘yida mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qiladigan ekoturizm maskanlari barpo etish zarurligini ta’kidladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini asalari bilan changlatish ko‘lamini oshirish vazifasi qo‘yildi. 50 ming gektar bog‘ va 200 ming gektar dala chetlarida asalari uyalarini joylashtirish, qo‘shimcha sharoitlar yaratib, aholini asalchilikka jalb etish choralari belgilandi. Prezident bu tizimlarni takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:309 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930