• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 27
Гостей: 27
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 1 » O‘zbekistonda aprel oyida go‘sht mahsulotlari qimmatlashgani ma’lum qilindi
17:57
O‘zbekistonda aprel oyida go‘sht mahsulotlari qimmatlashgani ma’lum qilindi

Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yil aprel oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

2018-yilning aprel oyida iste’mol bozoridagi narx va tariflar o‘sish sur’ati 0,9 foizni tashkil etdi. Shundan, mahsulotlar oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,7 foizga qimmatlashdi.

2018-yil aprel oyidagi narx indekslarini o‘tgan oylar dinamikasi bilan taqqoslaganda, ushbu oyda xizmatlar narxi o‘sish sur’ati bo‘yicha mahsulotlar narxiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashib, bu, o‘z navbatida, iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,1 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o‘sishi hamda pasayishi bo‘yicha yetakchilik mos ravishda meva-sabzavot mahsulotlari va tuxumga tegishlidir.

Go‘sht mahsulotlari:

Narxlarning o‘sishi (foiz) – go‘shtli yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlar – 1,2; mol, qo‘y go‘shti va qiyma – 1,1; tirik va sovitilgan baliq – 2,2.

Narxlarning pasayishi (foiz) – tovuq boldiri va son qismlari – 1,2; parranda go‘shti (sonlardan tashqari) – 2,5.

Meva-sabzavot mahsulotlari:

Narxlarning o‘sishi (foiz) – karam – 21,5; banan – 8,0; nok – 7,4; sitrusli – 6,5; olma – 6,4; pomidor – 4,8; quruq mevalar – 2,0; sabzi 1,8;

Narxlarning pasayishi (foiz) – bodring – 19,9; piyoz – 17,4; sarimsoq piyoz – 6,2; kartoshka – 1,2.

Un, yorma va dukkakli mahsulotlarda narxlarning pasayishi kuzatildi.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum va shakar mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashgani (mos ravishda 7,5 foiz va 3,6 foiz) boisi, ushbu turdagi mahsulotlar bilan ichki bozorning to‘yinganligidir.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha narxlarida jiddiy o‘zgarishlar deyarli kuzatilmadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1333 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь