• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Mart » 22 » O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida vafot etdi
11:27
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev 88 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar beradi Yozuvchilar uyushmasi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev 1932-yil 17-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Katta Tagob tumanida dunyoga kelgan. U erta yetim qolib, bobosi va buvisining qo‘lida tarbiya topgan.

"Arboblar.uz” saytining ma’lumotlariga ko‘ra, Xudoyberdi To‘xtaboyev 1949-yil Qo‘qon pedagogika institutini, 1955-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetini) tamomlagan.

Ijodiy faoliyatini Farg‘ona viloyatidagi maktabda dars berishdan boshlagan, keyinroq o‘quv ishlari mudiri va maktab direktori lavozimlarida ishlagan

1958-yildan Xudoyberdi To‘xtaboyev keyingi 14 yil mobaynida "Toshkent oqshomi”, "Sovet O‘zbekistoni” gazetalarida 300 dan ortiq felyetonlari chop etilgan. Shuningdek, "Guliston”, "Sharq yulduzi”, "Gulxan”, "G‘uncha”, "Yosh kuch” jurnallarida, "Yosh gvardiya” va "Kamalak” bosma nashrlarida ijod namunalari bilan ishtirok etgan.

1958-yil qisqa vaqt mobaynida uning "Yosh gvardiya”, "Sir fosh etildi”, "Sehrli qalpoqcha” kabi kitoblari omma e‘tiboriga havola qilingan. Keyinroq "Omonboy va Davronboy”, "Sariq devni minib”, "Yillar va yo‘llar”, "Besh bolali yigitcha”, "Qasoskorning oltin boshi”, "Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida”, "Jannati odamlar” kabi kitoblari chop etilgan.

Xorijiy kitobxonlar orasida Xudoyberdi To‘xtaboyev "Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasining rus tiliga tarjimasi (shuningdek, ukrain, fransuz va bir qator boshqa tillar) bilan tanilgan. "Sehrli qalpoqcha” ertak-qissasi — yozuvchining rus tiliga tarjima qilingan birinchi kitobi. Ertak-qissa 1970-yilgi Butunittifoq tanlovida eng yaxshi bolalar kitobi mukofotiga loyiq topilgan.

Xudoyberdi To‘xtaboyevga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvonlari bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Sharof Rashidovning ukasi, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 90 yoshida, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida, yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov 79 yoshida, jurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov 74 yoshida, yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida olamdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:574 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031