• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 15 » O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”
14:04
O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: “25 yillik katta muz eritildi”

TIV tomonidan jurnalist va blogerlar uchun 14-fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob qaytardi.Ochiq muloqotda TIV rasmiysi O‘zbekistonning bugungi siyosatini Germaniyaning urushdan keyingi siyosiy islohotlariga qiyosladi.

"Bironta bir davlat chet el sarmoyalarisiz rivojlanmagan, rivojlanmaydi ham. Germaniyani misol keltiraman. Ikkinchi jahon urushidan keyin mutlaqo vayronaga aylandi. Men o‘z diplomatik karyeramni ana shu mamlakatdan boshlaganman. Ya’ni 1993-yilda ishlab yurganimda ko‘rganman, ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniya barcha eshiklarini ochib qo‘ydi va hamma borib u yerda ishladi. Natijada hozirgidek rivojlanishga kelgan. O‘zbekiston ham so‘nggi yillarda barcha mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan xuddi ana shu ochiqlik siyosatini olib bormoqda”, — dedi Ne’matov.

Tadbir mobaynida vazir o‘rinbosari Shavkat Mirziyoyev islohotlari natijasida siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyadan to‘liq xalos bo‘lganini ta’kidladi.

"Biz ochiq siyosat tufayli so‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy izolyatsiyadan to‘liq ozod bo‘ldik. Prezidentimiz Toshkent viloyati hokimligidagi majlislarning birida ‘Biz hali Markaziy Osiyo davlatlari bilan 25 yil davomida o‘rtamizda paydo bo‘lgan katta muzni eritish uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak’, deb aytgan edilar. Haqiqatan ham bu amalda bo‘ldi — muz eritildi. Bugungi kunda tashqi siyosatimizda, Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarda katta burilish bo‘ldi. Qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarimiz yuqori pog‘onaga chiqdi. Ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalarimiz turli sohalarda bir maromda rivojlanib boryapti”, — dedi Ilhom Ne’matov.

Avvalroq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rishton—So‘x yo‘lining ochilgani va ikki kunda yopib qo‘yilganiga izoh bergan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829