• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 22 » O‘zbekiston Prezidentining “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori muhokamaga qo‘yildi
13:12
O‘zbekiston Prezidentining “Narxoz” bo‘yicha yangi qarori muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekiston Prezidentining "Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan iqtisodiyot sohasida kadrlarni tayyorlash borasida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Bular:

shiddat bilan rivojlanayotgan amaliy jarayonlar, mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, uni har tomonlama kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan ilg‘or tajribalarning ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fan dasturlarida o‘zining aksini topmayotganligi, nazariy bilimlarning amaliyot bilan uzviy bog‘lanmaganligi yuzaga kelgan;
globallashuv sharoitida iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, iqtisodchi mutaxassis kadrlarga bo‘lgan yangicha talablarning vujudga kelayotganligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha zamon talabiga mos bo‘lgan oliy ma’lumotli va tanqidiy tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda vahokazo.
Quyidagilar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanadi:

mehnat bozori talablariga javob bera oladigan, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash, bitiruvchilarning kasbiy-malaka darajasini xalqaro mehnat bozorida tan olinishini ta’minlash;
ta’limning sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimiga o‘tish va jahondagi yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini tatbiq etish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni ta’minlash;
zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, multimadaniy va multilingvistik muhitda dars bera oladigan, tadqiqot ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hukumati va biznes oldida turgan ahamiyatli vazifalarning yechimini topa oladigan yangi avlod professor-o‘qituvchilarini shakllantirish;
mustaqil ta’lim soatlari ulushini 60 foizgacha oshirish, talabalarda tanqidiy, ijodiy va kreativ fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish.
Universitetda 2020/2021-o‘quv yilidan:

xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlari hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalari va fan dasturlarini universitet tomonidan mustaqil tasdiqlash;
ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish orqali talabalar qabulini asosan "Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishida amalga oshirish, birinchi va ikkinchi o‘quv yilida "Umumiy iqtisodiyot” fakulteti bazasida matematika, matematik apparati mavjud bo‘lgan fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiyotda fundamental fanlar bo‘yicha chuqur bilimlarni berish;
talabalarni 3-kursdan seleksiya orqali alohida guruhlarga ajratib maxsus dasturlar asosida o‘qitishni tashkil etish va ularning sohalar bo‘yicha bilim darajalari hamda qiziqishlari bo‘yicha mutaxassisliklarga ajratishni yo‘lga qo‘yish;
"Statistika” va "Turizm” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning bakalavriat bosqichidagi o‘qish muddatini 3 yildan kam bo‘lmagan tarzda amalga oshirish amaliyotini joriy etish hamda uning tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqish;
talabalar amaliyotini maqsadli tashkil etish va ishga joylashishiga har tomonlama ko‘maklashish, potensial ish beruvchilar ro‘yxatini shakllantirib borish va hamkorlik qilish, shuningdek avvalgi bitiruvchilar salohiyatidan unumli foydalanishga qaratilgan "Endaument” fondini tashkil etish;
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning”, "flipped classroom”, "spin-off” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
o‘quv jarayoniga koucher usulini (maslahat va trening usuli) kiritish va koucherlarni jalb qilish orqali talabalarga ma’lum bir kasbiy maqsadga erishishga yordam berish tizimini joriy etish;
tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini himoya qilish jarayonlarini jadallashtirish hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan elektron platformani yaratish, unda ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar, ixtiro va kashfiyotlar hamda tadqiqotning boshqa natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.

Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik litseyini muvaffaqiyatli tugatgan o‘quvchilarga bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish uchun test natijalarida olgan umumiy ballning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball berish tartibini joriy etilishi mumkin.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida alohida bo‘linma sifatida "Universitet 3.0” xalqaro o‘quv va ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

Elektron universitet konsepsiyasi doirasida o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot sohalari faoliyatini raqamlashtirish, hujjatlar ayirboshlanishini avtomatlashtirish;
universitet bitiruvchilarining milliy va xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ularga ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot diplomi bilan bir qatorda xalqaro miqyosda tan olingan (ACCA, CIMA, CFA va boshq.) diplom va sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish;
Ommaviy ochiq onlayn-kurslarni yaratish, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar o‘quv rejalarida belgilangan zamonaviy fanlarning video va audio ma’ruzalarini tayyorlash, ularni global internet tarmog‘iga joylashtirish.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat budjeti mablag‘lari, shartnoma asosida ta’lim va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, ilmiy-texnik dasturlarga ajratilgan grantlar, ilmiy-innovatsion biznesni rivojlantirish uchun uchinchi shaxslar tomonidan ajratilgan maqsadli moliyaviy, homiylik, xayriya mablag‘lari, korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Bahodir Xodiyev ishdan olingan edi. Keyinroq ushbu ta’lim muassasasida 2019-yil 25-noyabrdan boshlab besh kunlik ta’lim tizimiga o‘tish belgilangandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:541 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829