• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1888
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Iyul » 3 » “O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektrostansiyasini qurishga tayyor” — MAGATE
17:01
“O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektrostansiyasini qurishga tayyor” — MAGATE

O‘zbekiston o‘zining birinchi atom elektrostansiyasini qurishga tayyor. Hozirda AES quriladigan joy ham tanlangan. MAGATE ekspertlarining ma’lum qilishicha, ishlar barcha xavfsizlik va tarqatmaslik prinsiplari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi "Podrobno”.

Dunyo bo‘yicha uranning yirik yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston yadroviy energetika kam uglerodli energiya manbaini ta’minlashi va issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish hamda ishlab chiqarish quvvatini oshirishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi ilk atom elektr stansiyasini barpo etish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich — 2019—2020-yillarda AES quriladigan joy aniqlanadi, 2020—2021-yillarda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 2022-yildan esa obyekt qurilishiga kirishiladi. Rossiya dizayni asosida quriladigan ushbu AES qiymati taxminan 11 milliard dollarga baholangan.

Iyun oyida O‘zbekistonga Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ekspertlari guruhi 12 kunlik tashrif bilan kelgan. Inspektorlar atom energetikasi dasturining infratuzilmasini rivojlantirish jarayonini har tomonlama baholab, hamma narsa rejaga muvofiq va barcha me’yoriy talablarga rioya qilinmoqda degan xulosaga kelgan.

Guruh a’zolari "O‘zbekiston AES loyihasini ishlab chiqishda sezilarli yutuqlarga erishdi va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda nazorat qiluvchi organning salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rdi”, deya ma’lum qilgan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatdagi atom energetikasi dasturi hukumat tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Guruh O‘zbekistonga o‘zining birinchi atom elektr stansiyasini qurishga tayyorgarlik ko‘rish borasida yordam berishga qaratilgan tavsiya va takliflarini bildirgan.

"O‘zbekiston o‘zining yadroviy energetika infratuzilmasini rivojlantirish borasida sezilarli darajada yutuqlarga erishdi”, — deydi guruh rahbari Milko Kovachev. Ekspertlari guruhi tarkibidan Braziliya va Bolgariya davlatlaridan bittadan ekspert va MAGATEning sakkiz nafar xodimi kirgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:434 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031