• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1973
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 141
Гостей: 141
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Fevral » 17 » O‘zbekiston koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining hammuallifiga aylandi
15:27
O‘zbekiston koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining hammuallifiga aylandi

O‘zbekiston Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining hammuallifi sifatida tan olindi. Bu haqda "O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

"Bugungi kunchaga O‘zbekistonda 6,8 mingdan ortiq odam birinchi doza bilan, 2,8 mingdan ortiq kishi esa ikkinchi doza bilan emlandi. Vaksinatsiya jarayonida sezilarli salbiy ta’sirlar kuzatilmagan, vaksinaning xavfsizligi va ishonchliligi tasdiqlangan. Ayni vaqtda koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirish uchun zudlik bilan O‘zbekiston aholisini ommaviy emlash zarur”, — deydi Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasining O‘zbekistondagi klinik sinovlari bo‘yicha vakili Ding Fan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston hukumati ZF 2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berish borasida ish olib bormoqda. Ushbu vaksinani sinovdan o‘tkazishda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining faol ishtiroki hamda ularning klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olinib, O‘zbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida e’tirof etilgan.

"Biz yangi vaksinalar yaratish va ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan ishlashni davom ettiramiz. O‘zbekistonga vaksinalarni olish borasida imtiyozlar taqdim etiladi. O‘zbekiston hukumatidan vaksinani qo‘llash bo‘yicha favqulodda ruxsat olinganidan so‘ng, vaksina mamlakat bo‘ylab ZF-UZ-VAK 2001 nomi ostida tarqatiladi”, — deydi Ding Fan.

Xitoy vaksinasining O‘zbekistondagi klinik sinovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, 1-darajali salbiy ta’sirlar (allergiya, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i) 5 kishida yoki vaksina retsipiyentlarining 0,3 foizida kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat dasturi bo‘yicha yig‘ilishda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidlagandi. Sanitariya-epidemiologiya xizmati O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishini ma’lum qildi. Bunda birinchi navbatda koronavirus yuqish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar emlanadi va u faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:466 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728