• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 5 » O‘zbekiston iqtisodiyoti Xitoydagi koronavirus tufayli qiyin sharoitlarga duch kelishi mumkin
14:43
O‘zbekiston iqtisodiyoti Xitoydagi koronavirus tufayli qiyin sharoitlarga duch kelishi mumkin

O‘zbekiston iqtisodiyoti yaqin kelajakda qiyin sharoitlarga duch kelishi mumkin. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda Fitch Solutions kompaniyasining sharhida aytilgan (bu Fitch Rating’ga bog‘liq bo‘lmagan Fitch’ning mustaqil bo‘linmasidir, shu sababli ularning ma’lumotlari bir-biridan farq qilishi mumkin).

Fitch Solutions tahlilchilarining fikricha, 2020-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi 5,4 foizgacha pasayadi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 5,6 foiz bo‘lishi taxmin qilingan edi.

Buning sababi tashqi cheklovlar, jumladan, Uxandagi koronavirusning tarqalishi bo‘lib, bu Xitoyning o‘sish istiqbollari uchun, ayniqsa, savdo va importga bo‘lgan talab nuqtayi nazaridan jiddiy xavf tug‘diradi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston eksportining eng katta ulushi aynan Xitoyga to‘g‘ri keladi.

"Sof eksport (eksport va import orasidagi farq) ulushi 2019-yildagi -0,5 foizlik punktdan (fp) 2020-yilda -1,3 fp.gacha pasayishini taxmin qilmoqdamiz, — deyiladi hisobotda.
Shuningdek, iqtisodiy beqarorlik, operatsion qiyinchiliklar va nomutanosibliklar kelgusi yillar uchun potensial xavf sifatida keltirilgan.

Tahlilchilarning fikricha, O‘zbekiston so‘mining qadrsizlanishi va infratuzilmaning sustlashishi oqibatida inflyatsiyaning oshib borishi iqtisodiy vaziyatning tobora beqaror bo‘lib qolishiga olib keladi.

"Tashqi talabning zaifligi sababli o‘sishning pasayishini prognoz qilmoqdamiz va O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga savdo va investitsiyalar orqali bog‘langanligi tufayli u keskin iqtisodiy inqirozga duch kelishi mumkin”, — deb qayd etgan Fitch Solutions.
Fitch O‘zbekistonni 100 balldan 44,2 ballga baholamoqda. Bu 202 bozordan 125 ga to‘g‘ri keladi degani. Tahlilchilarning ogohlantirishicha, tashqi moliyaviy oqimlar uchun ochilish spekulyatsiya, ortiqcha investitsiyalar va qarz yukining oshishi xavfini tug‘diradi.

Shuningdek, mamlakat zaxiralari tashqi moliyalashtirish ehtiyojlarini qoplashi qayd etilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:570 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829