• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Oktyabr » 30 » O‘zbekiston Eron porti orqali dengizga chiqmoqchi
19:19
O‘zbekiston Eron porti orqali dengizga chiqmoqchi

O‘zbekiston Hindiston va Eron bilan savdo uchun dengiz yo‘llariga chiqishni yaxshilash va diversifikatsiya qilish bo‘yicha mamlakatning sa’y-harakatlari doirasida Eronning Makran sohilidagi Chabahar porti orqali kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejani ilgari suradi. Bu haqda "Hindustan Times” nashri O‘zbekistonning yuqori martabali rasmiylariga tayanib xabar bergan. 

Chabahar portidan birgalikda foydalanish bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhning birinchi virtual uchrashuvi 2020 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan, hozir esa tomonlar ikkinchi uchrashuv sanasini belgilamoqda. 

"Hindiston strategik hamkorlarimizdan biri va bu muhim loyiha”, degan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov. 

O‘z navbatida, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari Baxtiyor Mustafoyev dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston hukumati okeanlarga chiqish yo‘llarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni diversifikatsiya qilishni strategik muhim deb bilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston eksport va importining qariyb 80 foizi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hududidan o‘tuvchi shimoliy yo‘nalishlar bo‘ylab o‘tadi va mamlakat Fors ko‘rfaziga chiqishga muhtoj. 

"Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyoni birlashtirishga harakat qilish foydaliroq bo‘lardi. Bu butun mintaqada xavfsizlik holatini yaxshilash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish uchun yangi eshiklarni ochadi”, deya qo‘shimcha qilgan Baxtiyor Mustafoyev. 

Chabahar mintaqa davlatlariga chiqish uchun muhim port hisoblanadi. Hozirda portda yiliga 15 million tonnagacha yuk tushirish va yuklash uchun  infratuzilma va strategik uskunalar mavjud. Bu dengiz darvozasi o‘zining strategik o‘rni tufayli Markaziy Osiyo davlatlaridan yuk tashishda muhim rol o‘ynashi mumkin. 

Shu bilan birga, ushbu port dunyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan ikkita bozorni bog‘lagan holda eng arzon, eng xavfsiz va ishonchli portlardan biri hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:393 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031